Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi

Vazifalari
Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi 2022-yil Pedagogika kafedrasi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, mustaqil ravishda 2023 yilning avgust oyidan o‘z faoliyatini yurita boshladi.
Kafedra universitet Iqtisodiyot va pedagogika fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, unda bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra tarkibiga 12 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, shuningdek, 1 nafar o‘quv-yordamchi xodimlar faoliyat olib boradi.
Xodimlar

Lutfullayeva Nigora Xalimbayevna
Mutaxassisligi: psixolog, psixologiya fani o’qituvchisi Ilmiy ishlari: hammualliflikda 1 ta darslik, yakkamualliflikda 6 ta o’quv qo’llanma, 1 ta uslubiy qo’llanma, 2 ta monografiya hamda 53 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi.

Arapbayeva Damegul Kurbanovna
Mutaxassisligi: psixologiya, umumiy psixologiya, psixologiya tarixi Ilmiy ishlari: hammualliflikda 4 ta metodik qo’llanma, 2 ta monografiya hamda 85 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi.

Yuldasheva Nilufar Sherqo’zi qizi
Mutaxassisligi: psixolog, psixologiya fani o’qituvchisi Ilmiy ishlari: hammualliflikda 10 ta ilmiy, yakkamualliflikda 35 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi.

Axmedova Nazokat Erkinovna
Mutaxassisligi: Tasviriy san’at, tasviriy san’at psixologiyasi, tasviriy san’at nazariyasi va tarixi, tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi, tasviriy san’at texnologiyasi. Ilmiy ishlari: yakka mualliklikda 1ta metodik qo’llanma, 23 tа respublika va xalqaro miqyosidagi maqola muallifi.

Mahmudova Dilafruz Baltabayevna
Mutaxassisligi: filolog, Nutq o’stirish metodikasi fani o’qituvchisi Ilmiy ishlari: hammualliflikda 1 ta darslik, yakkamualliflikda 2 ta o’quv qo’llanma, hamda 26 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi.

Razzoqova Mahliyo Qosimjonovna
Mutaxassisligi: Maktabgacha ta'lim. Pedagogik ilmiy ishi: 24 ta Respublika va Xalqaro maqolalar muallifi. Tadqiqot yo'nalishlari: Maktabgacha ta'limda pedagogik diagnostika, maktabgacha ta'limda o'yin texnologiyalari, maktabgacha ta'lim asoslari, maktabgacha pedagogika, maktabgacha ta'lim mutaxasisligi fanlari.

Xolmatov Mansur Abdiraxim o’g’li
Mutaxassisligi: psixolog. Pedagogik ilmiy ish: 20 ta Respublika va xalqaro maqolalar muallifi. Tadqiqot yo‘nalishlari: Eksperimental psixologiya, Umumiy psixologiya, kognitiv psixologiya, differensial psixologiya, konsultativ psixologiya, din psixologiyasi, pedagogik psixologiya

Xasanova Marg‘uba Safar qizi
Mutaxassisligi: Pedagog.Bakalavr darajasini "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishida Toshkentdagi Bucheon universitetida, Magistr darajasini "Ta'lim va Innovatsiya" mutaxassisligi bo'yicha Toshkentdagi Webster universitetida egallagan. Xalqaro O'qitish (International Teaching) Sertifikat sohibi. Ilmiy ishlari: 1 ta o'quv qo'llanma, 2 ta xalqaro antologiya kitob, 18 ta xalqaro va respublika miqyosida chop etilgan ilmiy maqola va tezislar muallifi. Tadqiqot yo'nalishlari: Maktabgacha ta'lim, ta'limda innovatsiya, maktabgacha ta'limda etnopedagogika va maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalari.Shaxsiy yutuqlari: "O'z kasbining fidoyisi" va "Innovatsion targ'ibotchi" esdalik nishonlari sohibi.

Shodiboyev Shoxruh Shuhrat o`g`li
Mutaxassisligi: psixolog, psixologiya fani o’qituvchisi Ilmiy ishlari: 6 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi. Tadqiqot yo’nalishlari: psixologiya, psixofiziologiya, media psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya,

Egamberdiyeva Maftuna Karimboy qizi
Mutaxassisligi: Maktabgacha ta’limIlmiy ishlari: 1 ta hammualliflikda OAK ro’yxatidagi respublika jurnalida maqola, yakka mualliklikda 5 ta respublika va xalqaro miqyosidagi maqola muallifi. Tadqiqot yo’nalishlari: maktabgacha pedagogika, maktabgacha ta’lim asoslari, bolalarni maktabga tayyorlash.

Berdiyorova Nilufar Berdiyor qizi
Toshkent shahridagi Puchon universiteti maktabgacha ta'lim fakultetini bakalavr yo'nalishini tugatgan va Magistraturani Jizzax Davlat Pedagogika Universitetida taxsil olgan. "Yorqin-Yulduz-Boychechak " nomli NMTT da tarbiyachi, 4-sonli DMTT da uslubchi va Xonobod Pedagogika kollejida o'qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Maktabgacha ta'lim menejmenti fani o'qituvchisi.12 ta respulika va xalqaro miqiyosida maqola,tesizlar muallifi. Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari; Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovation faoliyatni tashkil etish va undan foydalanish usullar,Boshqaruv faoliyati va boshqaruvni tashkil etish metodlari.

Gafforova Madixa Ixtiyor qizi
Mutaxassisligi- psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha). Pedagogik ilmiy ish 18 ga yaqin Respublika va xalqaro maqolalar muallifi. Tadqiqot yonalishlari : Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya, Umumiy psixologiya (barcha bo‘limi bo‘yicha), Eksperimental psixologiya (barcha bo‘limi bo‘yicha), Psixodiagnostika, Differentsial psixologiya, Pedagogik psixologiya, Psixologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari fanlaridan dars berib kelmoqda.