Kafedraning ustuvor maqsadlari raqamli transformatsiya hamda to'rtinchi sanoatning inqilobiy jarayonida raqobatbardosh va yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, giper-bog'langan jamiyat uchun zarur bo'lgan iqtidorli kadrlarni tarbiyalash uchun kompyuter fanlari bo'yicha amaliy kurslarni o'qitishga qaratilgan.
Kafedra bakalavriat bosqichida 2 ta qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi: Kompyuter injiniringi (multimedia texnologiyalari); 2. BU BSc (Hons) sanoat menejmenti.
Bu yoʻnalishlarda “2+2” va “3+1” xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari faoliyat koʻrsatmoqda. Qo'shma diplom (ikki darajali) Shimoliy xalqaro universiteti va Finlyandiya Kareliya universiteti tomonidan beriladi. Shuningdek, magistratura bosqichida 3 ta mutaxassislik bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.1. Ma'lumotlar ilmi (Data Science);2. Kompyuter injiniringi;3. Turizm va mehmondoʻstlik.
Ma'lumotlar ilmi (Data Science) magistratura mutaxassisligi talabalariga dars jarayonlari ingliz tilida tashkil etilgan. Bundan tashqari, Kafedra qoshida "Raqamli transformatsiya" o'quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan bo'lib, AQSHning Microsoft kompaniyasi Qidiruv tizimini optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov jamoatchilik asosida IT bo‘yicha bosh maslahatchi (Chief IT advisor) sifatida jalb qilingan.
Markazning asosiy maqsadi universitetda sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soha bo‘yicha talabalarga innovatsion faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashish, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash, 3D va robototexnika sohasida kadrlar tayyorlash, shuningdek sun’iy intellekt va dasturlash texnologiyalari bo‘yicha talaba-yoshlar uchun o‘qishni tashkil etishdan iborat.










Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring