
Dissertatsiya ishi muhokamasi: kafedralararo ilmiy seminar o‘tkazildi
Toshkent Xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengash tomonidan TDIU Samarqand filiali mustaqil tadqiqotchisi Behzod Jo‘rayevning "Turizm kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash amaliyotini takomillashtirish" mavzusidagi dissertatsiyasiga Xalqaro Nordik universiteti yetakchi tashkilot sifatida belgilandi.
SPIKER — Behzod Jo‘rayev

XNU Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida 2025-yil 2-chorak uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi
“Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligi bo‘yicha imtihon Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov raisligidagi komissiya tomonidan o‘tkazildi.
SPIKER — Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
Seminarda tadqiqotchi Oybek Rahimberdiyev sanoat korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasidagi ilmiy izlanishlari bilan tanishtirdi. Zulfizar Bahadirova oliy ta’lim muassasalarida logopediya o‘quv fanini modulli texnologiya asosida o‘qitish metodikasi mavzusidagi ilmiy tadqiqoti bo‘yicha hisobot berdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat va ilmiy jarayonlarni boshqarish ko‘nikmalari oshirildi.
SPIKER — Farxod Irisqulov

Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun imtihon o‘tkazildi
Imtihon Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov raisligidagi komissiya tomonidan o‘tkazildi. Kirish imtihonida talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimi, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinovdan o‘tkazildi.
SPIKER — Odil Qo'ysinov




















