Nordikda ilmiy kompetensiyalar sinovi: malakaviy imtihonlar o‘tkazildi

Nordikda ilmiy kompetensiyalar sinovi: malakaviy imtihonlar o‘tkazildi

May 09, 2026
252

Nordik universitetida “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlar OAK tomonidan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, belgilangan tartibda tashkil etildi.

Mazkur jarayonda izlanuvchilarning nazariy bilimlari bilan birga ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalari, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyati, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llash salohiyati ham sinovdan o‘tkazildi.


Imtihon davomida maxsus fanlar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ilmiy yondashuv, muammolarni kompleks tahlil qilish va samarali yechim ishlab chiqish ko‘nikmalari baholandi.


Malakaviy sinov jarayonida ilmiy izlanishlarning sifatini oshirish, zamonaviy menejment tafakkuriga ega ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash hamda oliy ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlashga ahamiyat qaratilmoqda.

photo-2026-05-09-15-54-44
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-09-15-54-46
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-09-15-54-48
Ko‘rib chiqish