Ta’lim sifatini oshirishda tilshunoslik, xorijiy til va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari: muammolar, imkoniyatlar va yechimlar

Ta’lim sifatini oshirishda tilshunoslik, xorijiy til va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari: muammolar, imkoniyatlar va yechimlar

April 30, 2025
508

Respublikamizning ta’lim sifatini oshirishda, tilshunoslik hamda xorijiy til va adabiyotini o‘qitishdagi zamonaviy metodik yondashuvlarni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’lim sifati va unumdorligini yanada oshirish uchun Respublikamiz olimlari tomonidan turli ilmiy maqolalarni tavsiya qilish ushbu anjumanning asosiy maqsadidir. Anjumanni o‘tkazish pirovard natijasida tilshunoslik va xorijiy til o‘qitish metodikasidagi yangiliklar va yondashuvlarni umumlashtirib, ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.

Vazifalar:

- Tilshunoslik va xorijiy til o‘qitish metodikasidagi yangiliklarni o‘rganish: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar yordamida tilshunoslik va xorijiy tillar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha yangi tendensiyalarni tahlil qilish.

- Ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlash: Xorijiy til o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolarni va to‘siqlarni aniqlash, ularni hal etish usullarini muhokama qilish.

- Pedagogik innovatsiyalarni joriy etish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda innovatsion metodik yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini o‘rganish.

- Metodik qo‘llanmalar va resurslar yaratish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi metodik qo‘llanmalar va ta’lim resurslarini ishlab chiqish.

- Ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish: Ta’lim sifatini yaxshilash uchun zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlarni ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llash.