Xalqaro Nordik maktabi

nordicschool.uz

Biz bilan bog'lanish

Xalqaro Nordik maktabi

Finlyandiya va boshqa Nordik davlatlarining eng ilg'or ta'lim tajribasi asosida tashkil etilgan zamonaviy ta'lim muassasasi

Nordik xalqaro maktabi o'quvchilari Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'ldilar

Xaqaro Nordic Universiteti Koordinatori, Finlyandiyalik Xalqaro Ta'lim Eksperti Aino Puro xonimdan tabrik so'zlari

Xalqaro Nordic Maktabi kengashi a'zosi Janob Petri Lounaskorpi'dan qutlov so'zlari

UzReport kanalida Xalqaro Nordic Maktabining ochilishiga bag'ishlangan katta reportaj

Nordic School 1
Nordic School 2
Nordic School 3

Maktab haqida

Xalqaro Nordik Maktabi, Toshkentdagi Xalqaro Nordik Universiteti qoshida tashkil etilmoqda. Ushbu maktabni tashkil etilishiga Finlyandiya Respublikasining Tashqi Ishlar Vaziri Elina Valtonen xonimning 2025 yil 11 iyunda tashrifi davomida tamal toshi qo'yildi.

Maktab Xalqaro Nordik Universiteti negizida tashkil topgan, Finlyandiya va boshqa Nordik davlatlar ta'lim tajribasi va yutuqlariga asoslangan Xalqaro Ta'lim Habi va klasterining ajralmas bir qismi hisoblanadi.

Maqsad va Vazifalar

Maktab nafaqat O'zbekiston yoshlari uchun sifatli maktab ta'limini ta'minlab beradigan maskan, balki maktab ta'limi sohasida Finlyandiya va boshqa Nordik davlatlarining eng ilg'or tajriba, know-how va innovatsiyalarni o'rtoqlashadigan markaz.

O'qituvchilar uchun xorijiy mutaxassislar ishtirokida trening va seminarlar tashkil qiladi va O'zbekiston Respublikasidagi tegishli Vazirlik va idoralar bilan yaqindan hamkorlik yo'lga qo'yadi.

Finlandiya Prezidenti Xalqaro Nordik universiteti maktabida

President visit 1
President visit 2
President visit 3
President visit 4
President visit 5
President visit 6

Nordik xalqaro maktabi o'quvchilari Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'ldilar

Bir guruh o'quvchilar davlat rahbariga maktabni tanishtirish jarayonida hamrohlik qildilar. Prezident ularga o'z faoliyati, davlat boshqaruvi va tashqi siyosatning ahamiyati haqida qiziqarli ma'lumotlar berdi hamda barcha savollariga samimiy javob qaytardi.

Bizning Afzalliklarimiz

Xalqaro Standartlar

Finlyandiya va Nordik davlatlarining eng ilg'or ta'lim metodlari

Malakali O'qituvchilar

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida trening va seminarlar

Zamonaviy Ta'lim

Innovatsion yondashuvlar va eng so'nggi texnologiyalar