Mazkur seminarda kun tartibida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti Mamatov Shohruhmirzo Muhammadjon o‘g‘lining 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Korxona faoliyatida logistika axborot tizimlaridan samarali foydalanishning uslubiy jihatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi keng muhokama qilindi.
Tadqiqotda korxonalarda logistika jarayonlarini raqamlashtirish, axborot tizimlari orqali boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda logistika xarajatlarini optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Seminarda tadqiqotchiga dissertatsiyaning amaliy ahamiyati va natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Xalqaro Nordik universiteti mustaqil izlanuvchisi Shakirova Madinaxon Gafurdjanovnaning 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida innovatsion strategik boshqarishni takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ham muhokama qilindi.
Mazkur ilmiy ishda tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion rivojlanish strategiyalarini shakllantirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda strategik qarorlar qabul qilish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar tahlil etilganligi bayon qilindi. Seminar davomida dissertatsiyalar yuzasidan ilmiy tavsiyalar berildi, tadqiqotlarning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy natijalari atroflicha muhokama qilindi.







