Yoshlarga imkoniyatlar uchun yangi hamkorlik
January 10 , 2025
76
Hamkorlik
Bugun Nordik universitetiga Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Ms Katarine Lindstedt, Iqlim va atrof-muhit bo‘yicha maxsus elchi va maslahatchi Ms Edith Vakkilainen tashrif buyurdilar.
Nordikda namoyish etilayotgan fin sayyohi Karl Gustaf Emil Mannergeym ko‘rgazmasi nufuzli mehmonlar eʼtiborini o‘ziga tortdi va iliq fikrlar bildirdilar.
Uchrashuvda yoshlarning YXHT loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish va tobora dolzarb bo‘lib borayotgan suv resurslari masalalarida yangi tashabbuslar xususida konstruktiv munozaralar olib borildi.
Global masalalarda yoshlarning o‘rni va ahamiyati muhimligi eʼtirof etilib, ularga yangi imkoniyatlar yaratish, salohiyatlarini jamiyatlarni rivojlantirish yo‘lida birlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikka kelishildi.
So'ngi yangiliklar
Farg‘onada mahorat darsi: she’riyatda innovatsiya va eksperimentlar
Nordik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sitora Shomurodova ijodga qiziquvchi o‘quvchilarga so‘z va badiiy so‘z qo‘llash mahorati bo‘yicha keng tushunchalar berdi.
Darsda o‘zbek she’riyatining go‘zalligi, badiiy to‘qimalar, o‘quvchilarga har bir yozuvchining uslubini ochib berishda muhim omil hisoblangan so‘z qo‘llash mahorati borasida saboq berildi.
Zukko ijodkor-o‘quvchilar bilan mahorat darsida adabiyot va sheʼriyat olamiga teran nazar solindi.
II O‘zbekiston - Finlandiya biznes forumi: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi bosqichi
Finlandiyaning “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” yirik kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilfyotgan xalqaro forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, 50 ta mahalliy kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari hamda OAVlar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Xalqaro Nordik universitetida ushbu forumning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy Konsuli, Nordik universiteti Kuzatuv kengashi raisi Alisher Jo‘rayev forumning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Forum doirasida Finlandiya kompaniyalarining eng zamonaviy qurilish texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari, asbob-uskunlari hamda qurilish konsepsiyalari namoyish etilishini ma’lum qildi.
Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raisanen forumda yetakchi fin kompaniyalari va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari tashkil etilishi o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolash va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. O'zbekistonda iqtisodiyot sektorlarining jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.
Finlandiyaning eng katta aksiyadorlik jamoalarini o‘z ichiga olgan “East office” kompaniyasi ijrochi direktori Janne Harjunpaa forum ishida barcha delegatlarga muvaffaqiyat tiladi.
Biznes-forumda delegatlar tomonidan ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar namoyish etildi. “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” kompaniyalarining innovatsion yechimlari, tajribalari, tadqiqot va biznes loyihalari, maqsadlari va O‘zbekistonda tizimlarga olib kirilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalari bilan tanishildi.
Forumda biznes va ishbilarmon doiralar tomonidan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi.
O‘zbekiston - Finlyandiya kompaniyalarining iqtisodiy munosabatlarini kengaytirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan qo‘shma ishlab chiqarish va savdo ob’yektlarini yaratish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, iqtisodiy sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning amaliyotlarini tashkil etish kabi qator yo‘nalishlarda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari mavjudligi ma’lum qilindi.
Forum doirasida B2B, B2G formatdagi uchrashuvlar o'tkaziladi va har tomonlama manfaatli hamkorlik borasida muzokaralar olib boriladi. Ishbilarmon doiralar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanadi va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishiladi.
Ma’lumot uchun: 2022-yil Xalqaro Nordik universiteti va “Saipro Group” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda ilk bor birinchi "O‘zbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes-forumi" o‘tkazilgan. Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Reka Sables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etgan.
Trenddagi zamonaviy kasblar o‘rganilmoqda
Raqamli transformatsiya markazida talabalar bilan dasturlash va 3D modellar bo‘yicha ilmiy izlanishlar, amaliy ishlarga eʼtibor qaratilyapti.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari "Robototexnika asoslari" fanidan nazariy bilimlarini amalda qo‘llab, ishlanmalar yaratdilar.
Dastlab NX dasturida robot mashinaning 3D modeli loyihalashtirildi. Uning dasturiy ta’minot qismi Arduino platformasi orqali ishlab chiqildi.
Universitetda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanilmoqda. Robot mashinaning qismlari markazda mavjud 3D printerlar orqali chiqarildi.
Talabalarda amaliy ko‘nikmalar samarali shakllantirilmoqda, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi ta’minlanmoqda. Talabalarni zamonaviy kasblar bo‘yicha doimiy rivojlantirish markaz faoliyatining asosiy maqsadlaridan.
Nordikda bolajonlar uchun yangi loyiha!
Hozirgi paytda bolalar va ota-onalar ham kasb tanlashda qiynalishadi. Bu borada ko‘p izlandim, kasbga oid kitoblar o‘qidim. Afsuski, o‘zbek kitob auditoriyasida kasblarga oid kitoblar uchratmadim.
Chet el yozuvchilarining kitoblarini tarjima qilish niyati ham bo‘ldi, lekin mentalitet va qadryatlarimizga mos kelmas tomonlari topildi. "Bu kitoblarni o‘zim yozsamchi", dedim va ushbu mo‘jaz kitoblar turkumi dunyoga keldi.
Ushbu mo‘jazgina kitobchalar maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim jarayonlarida pedagoglarimiz uchun muhim yordamchi qo‘llanma vazifasini ham o‘taydi.
Bolajonlaringizni mutolaa zavqidan bebahra qoldirmang!
Muhammadali Mamadaliyev,
Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti bosh muharriri, jurnalist.