Xalqaro Nordik universiteti Madhiyasi
Ulugʻ niyatlardan jo'shar yuraklar,
Yurt ishqi bag'ishlar g'ayrat-shijoat.
Tafakkur oynasin yaratding nurdek,
Sen sabab tolega hamqadam yurtim!
Naqorat:
Yengilmas orzular gʻoyasi — Nordik,
Qanot boʻl bizlarga, qadrdon Nordik!
Shimoliy ellardan kelding yurtimga,
Xush kelding, yurtimga ta'lim maskani.
Keng jahon sahnida baland gʻururim.
Bagʻringda yetishgan donolar sabab.
Naqorat:
Qadamlari qutlug, qadrli Nordik,
Yengilmas orzular gʻoyasi — Nordik!
Kelajak baxtiga boʻlding poydevor,
Boshimga humodek qo'ngan o'zingsan.
Buyuk xizmatingga tayyormiz mudom,
Ilm-fan maskani, jon O'zbekiston!
Naqorat:
Qadamlari qutlug, g'oyasi Nordik,
Qanot bo'l bizlarga, qadrdon Nordik!
Madhiya haqida
Madhiyamiz — birdamlik va ilhom ramzi! Xalqaro Nordik universiteti Madhiyasi oliygohimizning yuksak qadriyatlari, mustahkam an'analari va jamoamizning yagona ruhini tarannum etadi. Bitiruv kechalari, tantanali ochilishlar va muhim tadbirlarda Madhiyamizni birgalikda kuylash qadrli an'anaga aylangan. Bu madhiya universitetimizning asosiy ustunlari — ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikni mujassam etib, har birimizni mukammallik sari dadil odimlashga ilhomlantiradi.