- IT departmenti
- Akademik ishlar departamenti
- Xalqaro aloqalar departamenti
- Moliya va rejalashtirish departamenti
- Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti
- HR va xodimlar malakasini oshirish departamenti
- Qabul jarayonlarini tashkil etish bo'limi
- Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti
- Operatsion departament
- Marketing va PR departamenti
IT departmenti

IT Departamenti - (Information technology - Axborot Texnologiyalari ) ushbu departament akademik va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etishga qaratilgan muhim bo‘limdir. Departament universitetning barcha bo‘limlariga texnologik xizmatlar ko‘rsatadi, shu jumladan kompyuter tizimlarini boshqarish, ma'lumotlar bazasini yaratish va yangilash, tarmoqni ta'minlash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish.
Asosiy vazifalar: Kompyuter tizimlarini boshqarish: Universitetning barcha kompyuter tizimlarini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish va ishlashini ta'minlash.
Tarmoq va internet infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash: Yaxshi tashkil etilgan tarmoq imkoniyatlarini yaratish, internet aloqalarini va ma'lumotlar uzatish tizimlarini muntazam ravishda yangilash.
Dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish: Universitetning akademik va ma'muriy jarayonlarini avtomatlashtirish uchun dasturlar va ilovalar yaratish va qo‘llab-quvvatlash.
Kiberxavfsizlikni ta'minlash: Ma'lumotlar va tizimlarni himoya qilish, xakerlik hujumlaridan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash uchun xavfsizlik choralarini amalga oshirish.
Texnik yordam va qo‘llab-quvvatlash: Universitet talabalari, o'qituvchilari va xodimlari uchun IT bilan bog'liq barcha muammolarga tezkor javob berish va texnik yordam ko‘rsatish.
Innovatsion texnologiyalar va zamonaviy resurslar:IT Departamenti universitetning barcha bo‘limlari uchun zamonaviy texnologiyalarni, yangi avlod dasturiy ta'minotlari va ma'lumotlar boshqaruv tizimlarini integratsiya qilishga intiladi.
Departamentning asosiy maqsadi - talabalarga, o'qituvchilarga va boshqa xodimlarga ta'lim jarayonida foydalanish uchun samarali va xavfsiz texnologik imkoniyatlar yaratishdir. Shu bilan birga, IT Departamenti talabalarga raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishda yordam beradi, ularni bugungi kunda zarur bo‘lgan texnologik bilimlarga ega qilishga yordam beradi.
Xodimlar
Hasan Topilov
Hasan Topilov - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) magistratura dasturini tamomlagan va xalqaro tanlov hamda loyihalarda katta yutuqlarga ega mutaxassis. U Yevraosiyo iqtisodiy forumi (2021), "Start Up СМОП-2020" (TDIU va UrGEU hamkorlik dasturi) va boshqa nufuzli tadbirlarda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, "Softlanding in Skolkovo" dasturi bitiruvchisi va yangi xalqaro ta'lim dasturining logotipi hamda veb-saytini ishlab chiqqan.

IT departamenti boshlig'i
Pirmamatov Og‘abek
Og‘abek Pirmamatov —Front End “Standart group”ni (2022y) Najot ta‘limda tamomlagan. Toshkent Davlat Transport Universitetining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo‘nalishida 4-bosqich talabasi. Dasturlash tillari (JavaScript) va zamonaviy texnologiyalar (React, Node.js, ElephantSQL) bilan ishlashda tajribaga ega. Front-end dasturlashda o’z bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Kompyuter qurilmalariga xizmat ko'rsatuvchi mutaxassis
Mansurov Akbar
Akbarxon Mansurov — tajribali full-stack dasturchi. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil oladi. Front-end va back-end dasturlashda yuqori darajada ko‘nikmaga ega bo‘lib, dinamik web ilovalar yaratish va raqamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash borasida muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan. Akbarxon dasturlash tillari (JavaScript, TypeScript, C++) va zamonaviy texnologiyalar (React, Node.js, PostgreSQL, MongoDB) bilan ishlashda tajribaga ega.

Web-dastruchi
Uralov Sherzod
Sherzod Uralov "Full Stack Developer" yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tamomlagan. U quyidagi texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha yuqori malakaga ega: JavaScript, TypeScript, React, Express, Postgresql, MongoDB, Redis va Tailwind CSS. Sherzod bir nechta muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etgan, jumladan YouTube klon va shaxsiy portfolio saytlarini yaratgan. Uning kreativlik, muloqot qilish qobiliyati va jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalari yuqori darajada.

Tarmoq administratori
Abdulaziz Abdullayev
Abdullayev Abdulaziz - Frontend dasturlash bo‘yicha mutaxassis. U Xalqaro Nordic Universitetining rasmiy veb-sayti, Nordic Ilmiy Jurnali, Qabul bo‘limining rasmiy sayti, UzReport va Nordic dasturi saytlarini yaratishda faol ishtirok etgan. Shu bilan birga, Abdulaziz universitetning ichki texnik infratuzilmasini yaxshilashga ham o‘z hissasini qo‘shgan.Hozirda u Nordic Universitetining turli veb-loyihalari ustida ishlashda davom etmoqda

Kompyuter qurilmalariga xizmat ko'rsatuvchi mutaxassis