Innovatsiyalar va tadbirkorlik markazi01

Innovatsiyalar va tadbirkorlik markazi

Xalqaro Nordik universitetidagi Innovatsiyalar va tadbirkorlik markazi biznesni yaratish, o'sish va hamkorlikni rivojlantirish uchun markaz bo'lib xizmat qiladi. U biznes va innovatsiyalar sohasidagi bilimlarni oshiruvchi kurslar va seminarlar bilan bir qatorda inkubatsiya va tezlashtirish xizmatlarini taqdim etadi. Markaz, shuningdek, barqaror o'sish va ta'sirchan natijalarni ta'minlovchi qo'shma korxonalarga universitet sarmoyalarini baholaydi va boshqaradi. Markaz tashabbuslarni bevosita qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, forumlar, seminarlar va hamkorlikdagi loyihalar orqali universitetni tashqi biznes bilan bog‘lashda muhim rol o‘ynaydi. U universitetga qarashli barcha qoʻshma korxonalarni, jumladan, talabalar, xodimlar va tashqi hamkorlar boshchiligidagi korxonalarni, shuningdek, amaliy laboratoriyalar va innovatsiyalarga asoslangan loyihalar kabi tadqiqot va ishlanma tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.

1 xodimBatafsil
Foundation maktabi02

Foundation maktabi

Kelajak avlod uchun mustahkam asos yaratish.Har bir o'quvchiga zamonaviy ta'lim standartlari asosida bilim va ko'nikmalar berish.O'quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni yuksak maqsadlarga yo'naltirish.Ijodkorlik va tashabbuskorlikni qo'llab-quvvatlash orqali ularga o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash.Jamiyatda o'z o'rnini topa oladigan yetuk shaxslarni tarbiyalash. Xalqaro Nordik universiteti Foundation maktabi 2022 yil oktabr oyidan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspekiyasining №051207 raqamli litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda. Maktab "Foundation dasturi" va "Foundation tayyorlov kurslari" asosida abituriyentlarni nufuzli Xalqaro Nordik universitetiga o’qishga kirishga tayyorlaydi. Ta`lim jarayoni ilg‘or tajribalar, innovatsion taʼlim modellari va sifatli o‘quv rejalar asosida olib boriladi. Dastur iqtisodiyotning real sektor ehtiyojlarini hisobga olgan holda bilimli abituriyentlarni mutaxassislikka tayorlash jarayonida saralash vazifasini o’taydi. "Foundation dasturi" abituriyentlarga katta imkoniyat berib, ularni universitetga qabul qilinishini kafolatlaydigan dastur hisoblanadi. Uning afzalligi, abituriyent dasturda qatnashishi jarayonida fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab o‘qishini universitetning 2 yoki 1 kurslaridan davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur davomida nafaqat mutaxassislik fanlarini ,balki bugungi kunda dolzarb bo‘layotgan Robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lasiz. Shuningdek, talabalar va abituriyentlar universitetda fin ta'lim tizimi asosida tahsil olib, Shimoliy Yevropa davlatlarida "Work and travel", "1+3", "2+2" va "3+1" dasturlarida qatnashadi. "Foundation tayyorlov kurslari" o‘z ichiga turli fanlarni qamrab olib, o'quvchilarga bilim berish, ularni kasbga o‘rgatishga ko‘maklashadi. Bular: Matematika (SAT, Amaliy matematika, Mental Arifmetika), Ingliz tili (General English, IELTS, mutaxassislik bo'yicha tayyorlov), Arab tili, Dasturlash, Notiqlik san'ati.

2 xodimBatafsil
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi03

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Markazning maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha professional ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari tarkibi va xodimlar malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonining sifatini yaxshilash, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, xorijiy innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, pedagog kadrlarga tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat. Markazning asosiy vazifalari: malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan malaka oshirish kurslarini tashkil etadi; malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolarini, shuningdek xorijiy mutaxassislarni keng jalb etishni ta’minlaydi.

1 xodimBatafsil
Raqamli transformatsiya markazi04

Raqamli transformatsiya markazi

“Raqamli transformatsiya” (Center for Digital transformation) markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) Universitet kengashining 2024-yil 31-maydagi 8-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Markazga AQSHning Microsoft kompaniyasi Qidiruv tizimini optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov jamoatchilik asosida IT bo‘yicha bosh maslahatchi (Chief IT advisor) sifatida biriktirilgan. Markazning asosiy maqsadi universitetda sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soha bo‘yicha talabalarga innovatsion faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashish, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek sun’iy intellekt va dasturlash texnologiyalari bo‘yicha talaba-yoshlar uchun o‘qishni tashkil etishdan iborat. Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: sun’iy intellekt texnologiyalarida universitet talabalarining innovatsion ishlanmalari hamda Startap g‘oyalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarida o‘quv-uslubiy va axborot jihatidan tayyorlash; axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish; dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘qishni tashkil etish; dasturiy ta’minot mahsulotlarini texnik qo‘llab-quvvatlash, dasturiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarni taqdim etish jarayonlarini tashkil etish; buyurtma asosida dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va sun’iy intellekt texnologiyalarida xizmatlar ko‘rsatish; dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va sun’iy intellekt texnologiyalarini reklama qilish asosida qo‘shimcha daromad olish; sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta’lim berish, loyihalash hamda ularni sotish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etishga ko‘maklashish; sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha maslahat va turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish; konferensiyalar, ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

1 xodimBatafsil
Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti05

Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti

Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentli­gining №505800 raqamli Tasdiqnomasi asosida faoliyat olib boradi. Nashriyotda: Ijtimoiy-siyosiy nashrlar; O‘quv adabiyotlari; Adabiy-badiiy nashrlar; Ilmiy nashrlar; Ilmiy-ommabop nashrlar; Axborot-reklama nashrlari; Bolalar va o‘smirlar nashrlari; Ishlab chiqarish nashrlari; Ensiklopedik nashrlar; Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy nashrlar kabi faoliyat turlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professional xodimlar, muharrir, musahhih, dizayner, rassom, sahifalovchi kabi xodimlar xizmat qilishadi. Nashriyotda nafaqat universitet professor-o‘qituvchilari, balki chet mualliflarning ham materiallarini tahrir qilish, nashrga tayyorlash va nashr etish xizmatlari mavjud. Joriy 2025-yil davomida nashriyot oldiga katta maqsad va rejalarni qo‘yib, faol tizim sifatida ishlab kelmoqda.

1 xodimBatafsil
Sog'liqni saqlash markazi06

Sog'liqni saqlash markazi

Xalqaro Nordik universiteti talabalari va xodimlari sog‘lig‘ini nazorat qilish va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: Birlamchi tibbiy yordam – talabalar va xodimlar turli sog‘liq muammolari yuzasidan shifokor maslahatini olishlari mumkin. Dori-darmon bilan ta’minlash – markazda zaruriy tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, shoshilinch holatlarda bemorlarga yordam beriladi. Profilaktika va maslahat – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oldini olish va tibbiy maslahat berish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. Favqulodda tibbiy yordam – universitet hududida kutilmagan sog‘liq muammolari yuzaga kelganda tezkor tibbiy choralar ko‘riladi. Markazda shinam muhit yaratilgan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar mavjud. Zamonaviy tibbiyot shkafi, yotoq joyi va kerakli tibbiy jihozlar yordamida sifatli xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, markaz xodimlari universitet jamoasining farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

1 xodimBatafsil
Axborot-resurs markazi07

Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi universitetning maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlash ishlarida faol ishtirok etadi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda universitet oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitetning ilmiy tadqiqotchilari va kitobxonlarga bibliografik hamda axborot xizmatlarini ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda universitetdagi ta’lim va tadqiqot ishlarida innovatsion va dasturiy yordam beradi.

2 xodimBatafsil