- Axborot-resurs markazi
- Foundation maktabi
- Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
- Raqamli transformatsiya markazi
- Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti
- Sog'liqni saqlash markazi
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Markazning maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha professional ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari tarkibi va xodimlar malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonining sifatini yaxshilash, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, xorijiy innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, pedagog kadrlarga tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari:
- malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
- malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolarini, shuningdek xorijiy mutaxassislarni keng jalb etishni ta’minlaydi.
Xodimlar
Odil Qo'ysinov Almuratovich
Pedagogika fanlari doktori,professor.2018 yil Xitoyning "Shansi Normal University" faxriy professori unvoni sohibi boʻlgan. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti prorektori va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan

Markaz direktori
Yuldashev Shukurillo Abdulhoshim o‘g‘li
Xalqaro Nordik Universiteti doktoranti, xalqaro va respublika ilmiy maqola hamda tezislar muallifi. Xorijda malaka oshirish bo‘yicha mutaxassis sifatida keng tajribaga ega bo‘lib, ilmiy izlanishlar va akademik faoliyatda faol ishtirokchi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatni nazorat qilish mutaxassisi