Raqamli transformatsiya markazi

“Raqamli transformatsiya” (Center for Digital transformation) markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) Universitet kengashining 2024-yil 31-maydagi 8-sonli qarori asosida tashkil etilgan.


Markazga AQSHning Microsoft kompaniyasi Qidiruv tizimini optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov jamoatchilik asosida IT bo‘yicha bosh maslahatchi (Chief IT advisor) sifatida biriktirilgan.


Markazning asosiy maqsadi universitetda sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soha bo‘yicha talabalarga innovatsion faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashish, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek sun’iy intellekt va dasturlash texnologiyalari bo‘yicha talaba-yoshlar uchun o‘qishni tashkil etishdan iborat.


Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sun’iy intellekt texnologiyalarida universitet talabalarining innovatsion ishlanmalari hamda Startap g‘oyalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarida o‘quv-uslubiy va axborot jihatidan tayyorlash;
  • axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish;
  • dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘qishni tashkil etish;
  • dasturiy ta’minot mahsulotlarini texnik qo‘llab-quvvatlash, dasturiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarni taqdim etish jarayonlarini tashkil etish;
  • buyurtma asosida dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va sun’iy intellekt texnologiyalarida xizmatlar ko‘rsatish;
  • dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va sun’iy intellekt texnologiyalarini reklama qilish asosida qo‘shimcha daromad olish;
  • sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta’lim berish, loyihalash hamda ularni sotish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etishga ko‘maklashish;
  • sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha maslahat va turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish;
  • konferensiyalar, ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

Xodimlar

Abdullayev Munis Kurbonovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Moskva davlat universiteti qoshidagi Moskva iqtisodiyot maktabi, Ural davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirgan hamda Aleksandr I nomidagi Sankt Peterburg davlat transport universitetida stajirovka o‘tagan. Shuningdek, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” hamda “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” elektron ilmiy jurnallari Bosh muharriri hisoblanadi. 60 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 2 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi. “Raqamli iqtisodiyot”, “Iqtisodiy axborotni qayta ishlashning instrumental vositalari”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Biznes intellekti”, “Ma’lumotlar bazalari” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan talabalar keng foydalanmoqda. U o‘z faoliyati davomida bir qancha axborot tizimlarini loyihalashtirib, mobil ilovalarni ishlab chiqgan va ta’lim tizimiga samarali tatbiq etgan.

Abdullayev Munis Kurbonovich

Direktor