Axborot-resurs markazi

2 xodimlar
Axborot-resurs markazi

Vazifalari

Axborot-resurs markazi universitetning maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlash ishlarida faol ishtirok etadi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda universitet oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.


Talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitetning ilmiy tadqiqotchilari va kitobxonlarga bibliografik hamda axborot xizmatlarini ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda universitetdagi ta’lim va tadqiqot ishlarida innovatsion va dasturiy yordam beradi. 

Xodimlar

Ibroximova Shirmonoy
Axborot-resurs markazi boshlig‘i

Ibroximova Shirmonoy

2023 yilda Qo'qon universitetining Moliya yo'nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasining 2-bosqich talabasi. Ish faoliyatini Xalqaro Nordik universiteti Axborot-resurs markazida boshlagan. Uning vazifalari quyidagilardan iborat: axborot-resurs markazi fondini shakllantirish; adabiyotlarni ro‘yxatga olish; adabiyotlarga texnik ishlov berish.

O‘ktamov Akbarshoh
Bibliograf

O‘ktamov Akbarshoh

Toshkent shahridagi Kimyo Xalqaro Universitetining 4-bosqich talabasi. U kutubxonaning standart sxematik tavsiflaridan foydalangan holda kutubxonadagi kitoblar va boshqa hujjatlarni tartibga solish, kitoblarni tizimlashtirish va saralash, turli adabiyotlar to‘plamlarini jamlash, kitoblar bo‘yicha hujjatlarni yuritish vazifalarini bajaradi.