Tashkiliy tuzilma
01IT departmenti
IT Departamenti - ( Information technology - Axborot Texnologiyalari ) ushbu departament akademik va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etishga qaratilgan muhim bo‘limdir. Departament universitetning barcha bo‘limlariga texnologik xizmatlar ko‘rsatadi, shu jumladan kompyuter tizimlarini boshqarish, ma'lumotlar bazasini yaratish va yangilash, tarmoqni ta'minlash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish.Asosiy vazifalar: Kompyuter tizimlarini boshqarish: Universitetning barcha kompyuter tizimlarini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish va ishlashini ta'minlash.Tarmoq va internet infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash: Yaxshi tashkil etilgan tarmoq imkoniyatlarini yaratish, internet aloqalarini va ma'lumotlar uzatish tizimlarini muntazam ravishda yangilash.Dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish: Universitetning akademik va ma'muriy jarayonlarini avtomatlashtirish uchun dasturlar va ilovalar yaratish va qo‘llab-quvvatlash.Kiberxavfsizlikni ta'minlash: Ma'lumotlar va tizimlarni himoya qilish, xakerlik hujumlaridan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash uchun xavfsizlik choralarini amalga oshirish.Texnik yordam va qo‘llab-quvvatlash: Universitet talabalari, o'qituvchilari va xodimlari uchun IT bilan bog'liq barcha muammolarga tezkor javob berish va texnik yordam ko‘rsatish.Innovatsion texnologiyalar va zamonaviy resurslar:IT Departamenti universitetning barcha bo‘limlari uchun zamonaviy texnologiyalarni, yangi avlod dasturiy ta'minotlari va ma'lumotlar boshqaruv tizimlarini integratsiya qilishga intiladi.Departamentning asosiy maqsadi - talabalarga, o'qituvchilarga va boshqa xodimlarga ta'lim jarayonida foydalanish uchun samarali va xavfsiz texnologik imkoniyatlar yaratishdir. Shu bilan birga, IT Departamenti talabalarga raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishda yordam beradi, ularni bugungi kunda zarur bo‘lgan texnologik bilimlarga ega qilishga yordam beradi.
02Akademik ishlar departamenti
Akademik faoliyatni tashkil etish, o‘quv reja va malaka talablari, fan dasturlariga muvofiq ta'lim jarayonlarini samarali tashkil etish va rivojlantirish, taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash va ta'lim xizmatlarini sifat jihatidan yaxshilash hamda akademik jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
03Xalqaro aloqalar departamenti
Xalqaro aloqalar departamenti xalqaro oliygohlar, akademik va ilmiy tadqiqot muassasalari, biznes innovatsiyalarga asoslangan tadbirkorlik tashkilotlari bilan hamkorlik uchun hamisha ochiq! Ta'lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan Memorandum va shartnomalar asosida uzchil rivojlanish, xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar tashkillash, xorijiy ta'lim muassasalari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka tashkil etish kabi xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
04Moliya va rejalashtirish departamenti
Moliya va rejalashtirish departamenti O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil etishni ta' minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi.
05Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti
Departamentning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Farmon va Qarorlari asosiy maqsadlariga uygʻun ravishda, respublika va uning mintaqalarida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi davlat ilmiy-amaliy dasturlari hamda soha buyurtmalarini bajarishdan, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
06HR va xodimlar malakasini oshirish departamenti
HR va xodimlar malakasini oshirish departamentining vakolatiga kadrlarni tanlash, jarayonga moslashtirish, rag'batlantirish, o'qitish, rivojlantirish va qo‘nimsizligi oldini olish, korporativ madaniyatni rivojlantirish, kadrlar ishini yuritish hamda mehnat iqtisodiyoti kiradi. Boshqacha qilib aytganda, HR menejeri inson resurslarini boshqaradigan shaxsdir.
07Qabul jarayonlarini tashkil etish bo'limi
Mazkur departament universitetning Qabul komissiyasi tarkibini shakllantirish, bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga hamda magistratura mutaxassisliklariga talabalikka qabul qilish jarayonlarini sifatli tashkil qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash, universitetning respublikamiz va xalqaro miqyosda jozibadorligini oshirish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.
08Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti
Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 — yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida universitetning barcha bo‘linmalari bilan birgalikda strategiyani ishlab chiqish, unda belgilangan vazifalar, chora-tadbirlami amalga oshirish va monitoringini yuritish; - Shimoliy Yevropa mintaqalari, xususan Finlyandiyaning ilg‘or xorijiy tajribalarini tahlil qilish orqali talabalarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish; Ma’lumotlar bazalarini bo‘limlar aro elektron platformaga joylashtirish; - Besh muhim tashabbus doirasida fakultet dekanati bilan birga talabalar uchun turli tadbirlar, xususan intellelktual musobaqalar, sayohatlar tashkil etish; - Xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, talabalar bilan qaytar aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda onlayn so‘rovlarni tashkil qilish.
09Operatsion departament
Universitetning avtotransport xizmatlari doimiy faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va nazorat qilish; Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish; Operatsion departamentda ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash; Universitet binolari va atrof muhitini talab darajasida saqlanish, ularga xizmat koʻrsatish ishlarini boshqarish; Binolarni joriy va kapital taʼmirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish; Xonalardagi jihozlarni talab darajasida saqlanishini nazorat qilish; Jihozlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish; Xoʻjalik ishlariga ajratilgan mablagʻ va xoʻjalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish; Universitet atrof muhitini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish; Binolarda yongʻin xavfsizligi ishlarini tashkil qilish. Xoʻjalik inventarlari, jihozlar, mebellardan toʻgʻri foydalanish va ularni saqlanishini taʼminlash, shuningdek tegishli joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish; Universitet kafedra va boʻlimlarini zarur boʻlgan kanselyariya mollari, zarur ish qogʻozlari bilan taʼminlash va nusxa koʻpaytirish apparatini doimiy ravishda ishlashini taʼminlash;
10Marketing va PR departamenti
Maqsadi: Universitetning brendini mustahkamlash, uning xalqaro va milliy miqyosdagi obro‘sini oshirish, hamda universitetning faoliyatini jamoatchilikka yetkazish. Vazifalari: Universitetning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ijtimoiy tarmoqlar, media va boshqa kommunikatsiya kanallarida universitetning imidjini targ‘ib qilish. Universitetda o‘tkaziladigan tadbirlar va loyihalarni jamoatchilikka taqdim etish. Universitetning o‘quv dasturlari va yutuqlarini mahalliy va xalqaro auditoriyaga yetkazish. PR kampaniyalarini tashkil qilish va universitetning jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish.
Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring