Marketing va PR departamenti

Maqsadi: Universitetning brendini mustahkamlash, uning xalqaro va milliy miqyosdagi obro‘sini oshirish, hamda universitetning faoliyatini jamoatchilikka yetkazish.


Vazifalari: Universitetning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ijtimoiy tarmoqlar, media va boshqa kommunikatsiya kanallarida universitetning imidjini targ‘ib qilish. Universitetda o‘tkaziladigan tadbirlar va loyihalarni jamoatchilikka taqdim etish. Universitetning o‘quv dasturlari va yutuqlarini mahalliy va xalqaro auditoriyaga yetkazish. PR kampaniyalarini tashkil qilish va universitetning jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish.

Xodimlar

Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘li


Ta'lim va Tajriba

"El-Yurt Umidi" Stipendiyasi sohibi.Koreya, Keimyung Universiteti – "Raqamli Iqtisodiyot" bo'yicha kurs tamomlagan.Yevropada Tajriba Orttirgan – Xalqaro hamkorlik va amaliy bilimlar.Marketing, SMM va E-tijorat sohalarida faoliyat yuritaman.

Kasbiy Ko'nikmalar

Marketing: Strategiyalar ishlab chiqish, bozor tadqiqotlari, brending.SMM: Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, auditoriyani oshirish, reklama kampaniyalari.E-tijorat: Onlayn savdo platformalari, tovar va xizmatlarni raqamli tarzda targ'ib qilish.Raqamli Iqtisodiyot: Zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiyotni integratsiyalash.

Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘li

Departament rahbari

Sharofiddinov Sardorbek


Faoliyati davomida Granite Mining MChJ xorijiy korxonasida direktor yordamchisi bo’lib ishlagan. Shuningdek InApp Travel turistlik agentligida ham ishlab, xozirda faoliyatini Xalqaro Nordik Universitetining Media xizmatlarini ko’rsatish bo’limida olib bormoqda.

Sharofiddinov Sardorbek

Video Operator - Fotograf

Xayitov Daler

Brend identiteti, kontent dizayni va vizual kommunikatsiya sohalarida ishlay oladi. Adobe Photoshop va Illustrator kabi dasturlarida ishlay oladi

Xayitov Daler

Grafik dizayner