Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti

Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 


- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 — yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida universitetning barcha bo‘linmalari bilan birgalikda strategiyani ishlab chiqish, unda belgilangan vazifalar, chora-tadbirlami amalga oshirish va monitoringini yuritish; 


- Shimoliy Yevropa mintaqalari, xususan Finlyandiyaning ilg‘or xorijiy tajribalarini tahlil qilish orqali talabalarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish; Ma’lumotlar bazalarini bo‘limlar aro elektron platformaga joylashtirish; 


- Besh muhim tashabbus doirasida fakultet dekanati bilan birga talabalar uchun turli tadbirlar, xususan intellelktual musobaqalar, sayohatlar tashkil etish; 


- Xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, talabalar bilan qaytar aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda onlayn so‘rovlarni tashkil qilish.

Xodimlar

Najmiddin Qodirov


Qodirov Najmiddin Ne’matovich – Yoshlar bilan ishlash va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i. TDDU va O‘zMU yoshlar dasturlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar uchun o‘quvdan tashqari mashg‘ulotlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega.

Najmiddin Qodirov

Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i

Rahimberdiyeva Yulduz Jahongir qizi


Rahimberdiyeva Yulduzxon Jahongir qizi 2024-yil TDPU ning Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishida magstraturada tahsil olgan. “Islom Karimov” nomli davlat stependiyati.Rahimberdiyeva Yulduzxon 2021-yil 26-martda bo'lib o'tgan” SECTORAL RESEARCH XXI:CHARACTERISTICS AND FEATURES” konferensiyasida o'zining tezisi bilan ishtirok etdi. 2021-yi 19-martda ”Студенческий вестник” jurnalida "Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim berishning samarali tashkil etish yo'llari” nomli maqoıasini Chop ettirdi. 2021-yil 27-martda "ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ” jurnalida o'zining "Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim tizimini yaratishda intizomiy jihatlaming ahamiyati” nomli maqolasini nashr ettirdi. 2021 -yil mart oyida "Huquq dunyosi” huquqiy, ilmiy-ommabop jurnalida "Ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asoslash” mavzusida maqolasi Chop etildi. 2021-yil "She'riy guldasta"nomli saylanmada o'z she'rlarini nashr ettirdi. 2021-yil mart oyidadan beri "Global Leaders online conference”da delegat sifatida ishtirok etib kelmoqda. 2021-yil aprel oyida "One million uzbek coders” o'quv kursining Android development track o'quv kursini tamomladi va sertifikat sohibi bo'ldi. 2021-yil avgust oyining 12-15 kunlari bo'lib o'tgan ''Upward growth fourm”da yosh rahbarlik yo'nalishida faol ishtrok etgan, hozirda 20 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

Rahimberdiyeva Yulduz Jahongir qizi

Yoshlar yetakchisi , mutaxassis