Tashkiliy tuzilma
Moliya va rejalashtirish departamenti

Vazifalari
Moliya va rejalashtirish departamenti O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil etishni ta' minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi.
Xodimlar

Haydarov Abduvohidjon Nurmamat o'g'li
Iqtisodchi-buxgalter, Xalqaro Nordik universiteti moliya va rejalashtirish departamenti boshlig‘i. Xizmat ko‘rsatish, ishlab-chiqarish hamda sug‘urta ishi sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega buxgalter. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura bosqichini tamomlagan. “INNO EDUCATION” o‘quv markazida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida “Xalqaro moliyaviy hisobot diplomi DipIFR” o‘quv kursini tamomlagan. 1С buxgalteriya dasturida to‘liq ishlay oladi, har qanday faoliyat turi bo‘yicha avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritadi.“UzASBO-2” dasturida ishlash ko‘nikmasiga ega.

Abdulloyev Iftixor Ilhomovich
Moliyachi-buxgalter, Xalqaro Nordik universiteti moliya va rejalashtirish departamentida buxgalter. Xizmat ko‘rsatish, ishlab-chiqarish hamda lizing sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega buxgalter. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr bosqichini tamomlagan. “INNO EDUCATION” o‘quv markazida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida “Xalqaro moliyaviy hisobot diplomi DipIFR” o‘quv kursini tamomlagan. 1С buxgalteriya dasturida to‘liq ishlay oladi, har qanday faoliyat turi bo‘yicha avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritadi.

Tojiyev Elbek Nurbek o'g'li
Iqtisodchi hisobchi, “1C buxgalteriya” dasturida ishlash qobiliyatiga ega.Qozon davlat federal universitetining 5-kurs talabasi

Narzullayev Baxrombek Ilhom o'g'li
Xalqaro Nordik Universiteti Moliya va rejalashtirish departamenti buxgalteri.U buxgalteriya hisobini yuritish va kundalik moliyaviy operatsiyalarni to‘g‘ri aks ettirish.Soliq hisobotlarini tayyorlash va elektron tizimlarga o‘z vaqtida topshirish.Moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish, inventarizatsiya jarayonlarini nazorat qilish.1C hisob dasturida to‘liq ishlaydi, har qanday turdagi faoliyat uchun avtomatlashtirilgan hisobni yuritadi. DiDox, Stat.uz, MySoliq va barcha office dasturlarida erkin ishlash ko'nikmasiga ega.

G‘ofurov Otabek Alisher o‘g‘li
Xalqaro Nordik Universiteti moliya va rejalashtirish departamenti moddiy qiymatliklar bilan ishlash bo'yicha buxgalter.
Moliyaviy va moddiy resurslarini nazorat qilish, hisobotlar tayyorlash hamda moddiy qiymatliklarning hisobini yuritadi.
Moddiy qiymatliklarning to'g'ri hisobga olinishi va ularning harakati (kirim, chiqim, qoldiq va boshqalar) bo'yicha hisobotlarni yuritadi.
"Buxgalteriya hisobi" kursini tamomlagan 1С buxgalteriya dasturida to‘liq ishlay oladi, har qanday faoliyat turi bo‘yicha avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritadi.

Xayrullayeva Luiza Odiljon qiz
Xalqaro Nordik universiteti moliya va rejalashtirish departamenti bo'limi, ish yurituvchi. Xalqaro Nordik universitetida Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi 2-kurs talabasi. Ingliz tili darajasi B21С, Excel buxgalteriya dasturlarida ishlay oladi