Sog'liqni saqlash markazi

Xalqaro Nordik universiteti talabalari va xodimlari sog‘lig‘ini nazorat qilish va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • Birlamchi tibbiy yordam – talabalar va xodimlar turli sog‘liq muammolari yuzasidan shifokor maslahatini olishlari mumkin.
  • Dori-darmon bilan ta’minlash – markazda zaruriy tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, shoshilinch holatlarda bemorlarga yordam beriladi.
  • Profilaktika va maslahat – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oldini olish va tibbiy maslahat berish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkaziladi.
  • Favqulodda tibbiy yordam – universitet hududida kutilmagan sog‘liq muammolari yuzaga kelganda tezkor tibbiy choralar ko‘riladi.

Markazda shinam muhit yaratilgan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar mavjud. Zamonaviy tibbiyot shkafi, yotoq joyi va kerakli tibbiy jihozlar yordamida sifatli xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, markaz xodimlari universitet jamoasining farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Xodimlar

Ismatova Mohira Xusan qizi

Men, Ismatova Mohira Xusan qizi, 1991-yil 3-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilganman. Tursunxajayeva kollejining o‘rta tibbiyot – hamshiralik yo‘nalishini tamomlaganman.

Shu kunga qadar bir qancha tibbiyot muassasalarida ish tajribasiga ega bo‘ldim. Jumladan:

  • "Sapa Darmon",
  • "Status Medline",
  • Xirurgiya bo‘limida operatsion hamshira,
  • "Bolajon Med" tibbiyot markazi kabi klinikalarda faoliyat yuritganman.

Tibbiyot sohasida boy tajribaga ega bo‘lib, o‘z kasbimga mas'uliyat va sadoqat bilan yondashaman.

Ismatova Mohira Xusan qizi

Xalqaro Nordik universiteti shifokori