Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti

Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentli­gining №505800 raqamli Tasdiqnomasi asosida faoliyat olib boradi.


Nashriyotda:

  • Ijtimoiy-siyosiy nashrlar;
  • O‘quv adabiyotlari;
  • Adabiy-badiiy nashrlar;
  • Ilmiy nashrlar;
  • Ilmiy-ommabop nashrlar;
  • Axborot-reklama nashrlari;
  • Bolalar va o‘smirlar nashrlari;
  • Ishlab chiqarish nashrlari;
  • Ensiklopedik nashrlar;


Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy nashrlar kabi faoliyat turlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professional xodimlar, muharrir, musahhih, dizayner, rassom, sahifalovchi kabi xodimlar xizmat qilishadi. Nashriyotda nafaqat universitet professor-o‘qituvchilari, balki chet mualliflarning ham materiallarini tahrir qilish, nashrga tayyorlash va nashr etish xizmatlari mavjud.


Joriy 2025-yil davomida nashriyot oldiga katta maqsad va rejalarni qo‘yib, faol tizim sifatida ishlab kelmoqda.

Xodimlar

Muhammadali Mamadaliyev

1993-yil 10-yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2014-yildan Respublika nashrlarida 100 ga yaqin tahliliy-tanqidiy, badiiy yo‘nalishdagi maqolalari, televideniyeda intervyulari e’lon qilingan.2015-2017-yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligidagi “Hurriyat” mustaqil gazetasida muxbir, 2017-2018-yillarda “Fermer” jurnalida muxbir va bir paytning o‘zida 2018-yil davomida “Bobur va dunyo” jurnalida muharrir sifatida faoliyat olib borgan. 2017-yilda Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi bo‘lgan.2020-2021-yillar davomida Qashqadaryo Ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasida Bosh direktor o‘rinbosari – Ijodiy ishlar bo‘yicha direktor vazifasida ishlagan. Shuningdek, “Voha” gazetasida muxbir, “Ziyrak” bolalar va o‘smirlar jurnalida bosh muharrir, “Qashqadaryo press” gazetasida muxbir, “Qashqadaryo ko‘zgusi” nashriyotida muharrir vazifalarida ishlagan.2022-yildan 2024-yil noyabr oyiga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyotida dastlab muharrir, so‘ng bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan. 1000 dan ortiq kitoblarga muharrirlik va musahhihlik qilgan.2024-yil Xalqaro Nordik universitetida “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ning 100 foizlik grant sohibiga aylanib, magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Hozirda Xalqaro Nordik universiteti nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda.

Muhammadali Mamadaliyev

Bosh muharrir