Xalqaro Nordik universitetida Islom sivilizatsiyasining ilmiy-intellektual merosini zamonaviy media vositalari orqali keng targ‘ib etish, yoshlarning media savodxonligi va kreativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
“Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” mavzusidagi xalqaro media forumi doirasida professor-o‘qituvchilar, yoshlar, xalqaro ekspertlar hamda media va kreativ industriya vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir Islom sivilizatsiyasi markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida o‘tkazilib, unda tarixiy-ilmiy merosni zamonaviy media tili orqali yangi avlod va xalqaro auditoriyaga yetkazishning samarali usullari muhokama qilindi.
Ijodiy uchrashuvning maxsus mehmonlari — Buyuk Britaniyaning “1001 Inventions” tashkiloti hammuassisi va boshqaruvchi direktori Ahmed Salim hamda Rossiya Federatsiyasining “ДИВИ” telekompaniyasi prodyuseri Vera Ilyina xalqaro media va kreativ industriya sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Muloqotda 1001 Foundation va uning global ma’rifiy brendi — “1001 Inventions” faoliyatiga oid taqdimot davomida tarixiy-ilmiy merosni zamonaviy ekspozitsiyalar, qisqa metrajli filmlar, interaktiv ko‘rgazmalar, festivallar, kitoblar va multimedia mahsulotlari orqali keng auditoriyaga yetkazish tajribasi namoyish etildi.
Taqdimotda qayd etilganidek, “1001 Inventions” loyihalari dunyoning turli mamlakatlarida 450 milliondan ortiq tomoshabinni qamrab olgan. Loyihaning konseptual yondashuvi tarixiy merosni namoyish etish bilan cheklanmay, uni bugungi avlod uchun tushunarli, qiziqarli va interaktiv ta’limiy tajribaga aylantirishga qaratilgan. Bunda tarix, ilm-fan, texnologiya, ta’lim va kreativ media yagona kommunikatsion maydonda birlashtiriladi.
Shuningdek, muloqot davomida "ДИВИ" telekompaniyasi misolida Islom sivilizatsiyasining ilmiy va intellektual merosini zamonaviy auditoriyaga ta’sirchan yetkazish, tarixiy mavzularni televizion va raqamli media formatlariga moslashtirish, xalqaro auditoriya uchun universal hikoya yaratish hamda ilmiy g‘oyani jozibador media mahsulotiga aylantirishning kreativ yondashuvlari yoritildi.
Storytelling — tarixiy voqea va ilmiy g‘oyalarni kuchli hikoya orqali auditoriyaga yetkazish san’atiga eʼtibor qaratildi. Ekspertlar ssenariy yaratish, vizual yechim, tasvir, montaj va musiqa uyg‘unligi, qisqa formatlarda mazmunni aniq ifodalash hamda yoshlar auditoriyasi e’tiborini jalb etuvchi kontent yaratish bo‘yicha amaliy tajribalari bilan bo‘lishdilar.
Shuningdek, bugungi media industriyasida jurnalist, prodyuser, PR mutaxassisi, SMM menejer va kreativ industriya vakillaridan talab etilayotgan yangi kompetensiyalar, media mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga olib chiqish mexanizmlari hamda raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida media kasblarining transformatsiyasi yuzasidan fikr almashildi.
Ochiq savol-javoblar formatida kechgan muloqot ishtirokchilarga xalqaro ekspertlar bilan bevosita fikr almashish imkonini berdi.
Tadbir doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida maxsus film ham namoyish etilib, tarixiy va madaniy merosni zamonaviy audiovizual vositalar yordamida keng targ‘ib etish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.
Muloqotning amaliy davomi sifatida xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan filmlar va videoroliklarni talabalar hamda yosh mediachilar auditoriyalarida namoyish etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa xalqaro ekspertlar tajribasini ta’lim jarayoni va yoshlarning kreativ amaliyoti bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
Xalqaro ijodiy muloqot tarixiy merosni zamonaviy media tili orqali qayta talqin qilish, ilmiy-ma’rifiy kontentni xalqaro auditoriyaga olib chiqish va yosh media mutaxassislarida zamonaviy kreativ kompetensiyalarni shakllantirish yo‘lidagi muhim platformalardan biri bo‘ldi.
“Islom sivilizatsiyasi: Yangi nigoh — yangi kashfiyotlar”

August 26 , 2026
33
Nordikda xalqaro media muloqot bo‘lib o‘tdi

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish



