Nordik olimasi «Yangi O‘zbekiston mushoirasi» adabiy anjumanida

Nordik olimasi «Yangi O‘zbekiston mushoirasi» adabiy anjumanida

September 18 , 2026

|

30

Xiva shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «Yangi O‘zbekiston mushoirasi» adabiy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, taniqli shoir va yozuvchilar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etyaptilar.

Mushoirada Usmon Azim, Mahmud Toir, Xosiyat Bobomurodova, Rustam Musulmon, Farida Afro‘z, Munavvara Usmonova, Zebo Mirzo kabi ustoz adiblar qatorida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira va Nordik olimasi Sitorabonu Hoshim qizi Ona Vatan, erkin va ozod yurt farzandlarini tarannum etuvchi she’rlarini o‘qidi.

Adabiy anjumanda Vatan, yurt, inson qadri va milliy o‘zlik mavzularidagi she’rlar yangrab, ijodkorlar o‘rtasida samimiy muloqotlar o‘tkazilmoqda.