Yoshlarga imkoniyatlar uchun yangi hamkorlik
January 10 , 2025
99
Hamkorlik
Bugun Nordik universitetiga Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Ms Katarine Lindstedt, Iqlim va atrof-muhit bo‘yicha maxsus elchi va maslahatchi Ms Edith Vakkilainen tashrif buyurdilar.
Nordikda namoyish etilayotgan fin sayyohi Karl Gustaf Emil Mannergeym ko‘rgazmasi nufuzli mehmonlar eʼtiborini o‘ziga tortdi va iliq fikrlar bildirdilar.
Uchrashuvda yoshlarning YXHT loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish va tobora dolzarb bo‘lib borayotgan suv resurslari masalalarida yangi tashabbuslar xususida konstruktiv munozaralar olib borildi.
Global masalalarda yoshlarning o‘rni va ahamiyati muhimligi eʼtirof etilib, ularga yangi imkoniyatlar yaratish, salohiyatlarini jamiyatlarni rivojlantirish yo‘lida birlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikka kelishildi.
So'ngi yangiliklar
Nordik bilan pedagogik rivojlanish tomon qadam qo‘yildi
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Furqat Xolmirzayev o‘quv kursi ishtirokchilariga xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha boy tajribalarini yetkazdi.
Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) va PIRLS xalqaro tadqiqotlari haqida muhim maʼlumotlar taqdim etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar savodxonligi, matnni tushunish, talqin qilish va undan foydalanish qobiliyatlarini oshirish hamda xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish usullariga eʼtibor qaratildi.
O‘quv sessiyalari davomida pedagoglar taʼlim uchun yanada samarali strategiyalar ishlab chiqishda zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashabbus Qozog‘iston taʼlim tizimining xalqaro maydondagi raqobatdoshligini oshirishga xizmat qiladi.
#talim_eksporti #xalqaro_tajriba
#pedagogik_rivojlanish
Xalqaro Nordik universiteti delegatsiyasi Malayziyada taʼlim safarida bo‘lib turibdi
Nufuzli anjuman ochilishida davlatlarimiz Madhiyalari yangradi, madaniy chiqishlar namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy taʼlim vaziri Zambry Abdul Kadir ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida taʼkidladilar.
Forum doirasida Xalqaro Nordik universiteti hamda Malayziyaning Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti (APU), Sulton Idris Pedagogika universiteti (UPSI), Utara universiteti (UUM) kabi qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Nordik universiteti qo‘shma taʼlim dasturlariga Malayziya yoshlarini jalb etish va ularning Finlandiyada o‘qishni davom ettirishlariga ko‘maklashish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlarini joriy etish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Malayziya biznes va taʼlim forumi"ni tashkil etish, xorijiy investorlar bilan talabalarga qulaylik yaratishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishilyapti.
Ta'lim eksporti: Qozog‘iston delegatsiyasi Nordikda malaka oshirmoqda!
Kurs ishtirokchilariga Finlandiyaning Aalto universiteti va Nordik universiteti professorlari Aija Elg va Tapio Koskinen Finlandiya maktab tizimlarining ilg‘or tajribalari asosida yangi xalqaro bilim hamda ko‘nikmalarni bermoqdalar.
Trening davomida bilimlarni boshqarish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim nazariy model - SECI (Socialization, Externationalization, Combination, Internalization)ni qo‘llash samaralari bo‘yicha maʼruza tinglandi.
Bilimlarning ijtimoiy, aniq va yashirin shakllarining o‘zaro almashinuvi, ularni o‘rganish hamda foydalanish, jamoaviy ishlash, amaliy mashg‘ulotlar, yangi g‘oyalarni loyihalash bo‘yicha keng bilimlar berildi. Aniq bilimlarni birlashtirish va yangi bilimlar yaratish, yangi strategiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ushbu modelning samarasi ochib berildi.
Qozog‘istonlik taʼlim vakillari Finlandiya taʼlim tizimining innovatsion yondashuvlaridan biri - Learning Cafe tamoyilini ham katta qiziqish bilan o‘rgandilar. Ushbu yondashuv o‘quvchilarni mustaqil o‘rganish, hamkorlik va kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltiradigan eng yaxshi yondashuvlardan biridir.
Kurs davomida taʼlimda o‘qituvchining amaliy bilimlarga asoslanishi, o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarda bilimlarni qo‘llashga o‘rgatish, kasbiy rivojlanishlariga katta eʼtibor berish muhimligi taʼkidlandi. O‘z sinflarida innovatsion usullarni qo‘llashlari uchun samarali modellar o‘rgatildi.
Shuningdek, ishtirokchilar taʼlim sifatining xalqaro monitoringi tizimida xalqaro PISA dasturi, 2025-2026 yillarda o‘qish savodxonligini o‘lchashdagi konseptual o‘zgarishlar haqida ham muhim maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Qozog‘istonlik pedagoglar uchun bu yangi bilimlar kelgusida taʼlimni yaxshilash va yangi yutuqlarga asos bo‘ladi.
Pedagogik kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha kichik guruh majlisi o‘tkazildi
Guruh boshlig‘i, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov rahbarligida o‘tkazilgan majlisda respublikamizdagi pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va rahbar kadrlari ishtirok etdilar.
Majlisda kun tartibidagi masala - ishchi guruhning ish tartibi, konsepsiya va trayektoriyasini kelishib olish, pedagogika sohasida kadrlar tayyorlayotgan oliy taʼlim muassasalari to‘g‘risida maʼlumotlar bankini shakllantirish taklifi ilgari surildi.
Rektorlar va mutaxassislar bilan doimiy aloqa o‘rnatish, sohada mavjud muammolar bazasini shakllantirish bo‘yicha forum - yagona platforma tashkil etish to‘g‘risida so‘z bordi.
Muammolar bankini shakllantirish uchun universitetlar va maktabda taʼlim berayotgan o‘qituvchilar, ish beruvchilar o‘rtasida Anketa so‘rovnomalarining savolnomasini ishlab chiqish takliflari ishchi guruh aʼzolari tomonidan maʼqullandi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan muhokamalarda Termiz davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Renessans taʼlim universiteti masʼullarining taklif-mulohazalari, ular tomonidan o‘rganilgan taʼlim muammolari tinglandi. Ushbu masala va muammolar yechimlari islohotlarga asos bo‘lishi taʼkidlab o‘tildi.
Nordik universiteti prorektori Odil Qo‘ysinov kun tartibidagi ikkinchi masala pedagogikaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarini kompleks rivojlantirishning manzilli konsepsiyasini ishlab chiqishning bugungi kundagi ahamiyatiga ishchi guruh eʼtiborini qaratdi.
Oliy taʼlim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash, qabul va o‘quv jarayonlarida kreativ pedagogik metodlarni keng qo‘llash ko‘nimlalarini shakllantirish borasida xalqaro va ilg‘or tajribalarga to‘xtaldi
Majlisda turli masalalar ko‘rildi. Miqdordan sifat ko‘rsatkichlariga o‘tish, pedagogik hamjamiyatning hamkorligiga erishish, faoliyatni muvofiqlashtirish uchun doimiy onlayn forum va muloqotlar o‘tkazib borishga kelishildi.