Nordikda ilmiy darajalar sari navbatdagi muhim yutuq: dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi

Nordikda ilmiy darajalar sari navbatdagi muhim yutuq: dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi

August 25 , 2026

|

103

Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash majlisida iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan navbatdagi dissertatsiyalar himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Nordik universiteti Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri Abdullayev Munis Kurbonovich “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha “Kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uslubiyotini takomillashtirish” mavzusidagi DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqotda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligi va korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning ilmiy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Ish doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuv va takliflar ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Ortiqov Avazbek Bahromjon o‘g‘li “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini himoya qildi.

Tadqiqotda kichik sanoat zonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularning rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish hamda sanoatni hududiy rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy masalalarga e’tibor qaratilgan. Ilmiy natijalarning iqtisodiyotning real ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liqligi qayd etib o‘tildi.

Har ikki himoya davomida dissertatsiyalarning ilmiy yangiligi, metodologik asoslari, amaliy ahamiyati va taklif etilgan yechimlar keng muhokama qilindi.
Mazkur himoyalar Nordik universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy iqtisodiy muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi izchil ishlarning navbatdagi amaliy natijasi bo‘ldi.

👏 Abdullayev Munis Kurbonovich va Ortiqov Avazbek Bahromjon o‘g‘lini ilmiy izlanishlaridagi muhim bosqich — munosib himoya bilan samimiy tabriklaymiz!

photo-2026-08-26-10-57-11-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-11-4
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-11-5
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-12-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-12-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-27-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-36
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-12-6
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-27-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-12-4
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-12-5
Ko‘rib chiqish
photo-2026-08-26-10-57-27
Ko‘rib chiqish