Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti

Vazifalari
Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligining №505800 raqamli Tasdiqnomasi asosida faoliyat olib boradi.
Nashriyotda:
- Ijtimoiy-siyosiy nashrlar;
- O‘quv adabiyotlari;
- Adabiy-badiiy nashrlar;
- Ilmiy nashrlar;
- Ilmiy-ommabop nashrlar;
- Axborot-reklama nashrlari;
- Bolalar va o‘smirlar nashrlari;
- Ishlab chiqarish nashrlari;
- Ensiklopedik nashrlar;
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy nashrlar kabi faoliyat turlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professional xodimlar, muharrir, musahhih, dizayner, rassom, sahifalovchi kabi xodimlar xizmat qilishadi. Nashriyotda nafaqat universitet professor-o‘qituvchilari, balki chet mualliflarning ham materiallarini tahrir qilish, nashrga tayyorlash va nashr etish xizmatlari mavjud.
Joriy 2025-yil davomida nashriyot oldiga katta maqsad va rejalarni qo‘yib, faol tizim sifatida ishlab kelmoqda.
Xodimlar

Muhammadali Mamadaliyev
1993-yil 10-yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2014-yildan Respublika nashrlarida 100 ga yaqin tahliliy-tanqidiy, badiiy yo‘nalishdagi maqolalari, televideniyeda intervyulari e’lon qilingan.2015-2017-yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligidagi “Hurriyat” mustaqil gazetasida muxbir, 2017-2018-yillarda “Fermer” jurnalida muxbir va bir paytning o‘zida 2018-yil davomida “Bobur va dunyo” jurnalida muharrir sifatida faoliyat olib borgan. 2017-yilda Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi bo‘lgan.2020-2021-yillar davomida Qashqadaryo Ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasida Bosh direktor o‘rinbosari – Ijodiy ishlar bo‘yicha direktor vazifasida ishlagan. Shuningdek, “Voha” gazetasida muxbir, “Ziyrak” bolalar va o‘smirlar jurnalida bosh muharrir, “Qashqadaryo press” gazetasida muxbir, “Qashqadaryo ko‘zgusi” nashriyotida muharrir vazifalarida ishlagan.2022-yildan 2024-yil noyabr oyiga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “Fan” nashriyotida dastlab muharrir, so‘ng bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritgan. 1000 dan ortiq kitoblarga muharrirlik va musahhihlik qilgan.2024-yil Xalqaro Nordik universitetida “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ning 100 foizlik grant sohibiga aylanib, magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Hozirda Xalqaro Nordik universiteti nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda.