Hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
Xalqaro Nordik universiteti va Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘rtasida qator istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
XNUda o‘tkazilgan uchrashuvda pedagogika, andragogika, ilm-fan, tadqiqot va innovatsiya sohalarida kadrlar tayyorlash, ilmiy-metodik resurslar yaratish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Ta'lim sohasidagi istiqbolli loyihalarda hamkorlikda ishtirok etishga kelishildi.




