Yangi o‘quv yilini bir jamoa, yagona maqsad va umumiy qadriyatlar asosida boshlashga qaratilgan jamoaviy muloqot qizg‘in ruhda kechmoqda.
Seminar-treningda Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov universitet qadriyatlari, rivojlanish yo‘li va yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari yuzasidan muhim taqdimotni amalga oshirdi.
Rektor taqdimotida o‘tgan davr natijalari sarhisob qilinib, universitetning kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari belgilandi. Ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi jamoaning oldida turgan vazifalarga ahamiyat qaratildi.
Har bir professor-o‘qituvchining kundalik faoliyati universitetning maqsadlari bilan hamohang bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, seminar-trening mashg‘ulotlarida ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyat va grantlar, innovatsion loyihalar, kompleks akkreditatsiyaga tayyorgarlik kabi dolzarb masalalarga ahamiyat qaratilmoqda. Jarayon fikr, savol, taklif va tajriba almashinuviga boy ochiq va jamoaviy uchrashuv ruhida kechyapti. Jamoani yangi o‘quv yiliga tashkiliy, akademik va ruhan tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Oldinda Nordik jamoasini yana ikki kunlik qizg‘in treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va muhim muhokamalar kutib turibdi.
Nordikda yangi o‘quv yili jamoaviy uyg‘unlikda katta maqsadlar bilan boshlanmoqda!
Yangi o‘quv yili: yangi bosqichga jamoaviy qadam!

September 02 , 2026
54
Xalqaro Nordik universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening boshlandi.

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish
So'nggi yangiliklar
Nordik Kengashining 8-son yig‘ilishi: yangi akademik davr uchun ustuvor vazifalar belgilandi
“Islom sivilizatsiyasi: Yangi nigoh — yangi kashfiyotlar”
Nordikda ilmiy darajalar sari navbatdagi muhim yutuq: dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi
7 ta yangi adabiyot — ilmiy salohiyatning navbatdagi natijasi