Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi

Kafedraning ustuvor maqsadlari raqamli transformatsiya hamda to'rtinchi sanoatning inqilobiy jarayonida raqobatbardosh va yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, giper-bog'langan jamiyat uchun zarur bo'lgan iqtidorli kadrlarni tarbiyalash uchun kompyuter fanlari bo'yicha amaliy kurslarni o'qitishga qaratilgan.


Kafedra bakalavriat bosqichida 3 ta qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi:

1. TU BA(Hons) Xalqaro biznes;

2. BU BSc (Hons) sanoat menejmenti;

3. Kompyuter injiniringi (multimedia texnologiyalari).


Bu yoʻnalishlarda “2+2” va “3+1” xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari faoliyat koʻrsatmoqda. Qo'shma diplom (ikki darajali) Shimoliy xalqaro universiteti va Finlyandiya Kareliya universiteti tomonidan beriladi. Shuningdek, magistratura bosqichida 3 ta mutaxassislik bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

1. Ma'lumotlar ilmi (Data Science);

2. Kompyuter injiniringi;

3. Turizm va mehmondoʻstlik.


Ma'lumotlar ilmi (Data Science) magistratura mutaxassisligi talabalariga dars jarayonlari ingliz tilida tashkil etilgan. Bundan tashqari, Kafedra qoshida "Raqamli transformatsiya" o'quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan bo'lib, AQSHning Microsoft kompaniyasi Qidiruv tizimini optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov jamoatchilik asosida IT bo‘yicha bosh maslahatchi (Chief IT advisor) sifatida jalb qilingan.


Markazning asosiy maqsadi universitetda sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soha bo‘yicha talabalarga innovatsion faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashish, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash, 3D va robototexnika sohasida kadrlar tayyorlash, shuningdek sun’iy intellekt va dasturlash texnologiyalari bo‘yicha talaba-yoshlar uchun o‘qishni tashkil etishdan iborat.

Xodimlar

Abdullayev Munis Kurbonovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Moskva davlat universiteti qoshidagi Moskva iqtisodiyot maktabi, Ural davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirgan hamda Aleksandr I nomidagi Sankt Peterburg davlat transport universitetida stajirovka o‘tagan. Shuningdek, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” hamda “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” elektron ilmiy jurnallari Bosh muharriri hisoblanadi. 60 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 2 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi. “Raqamli iqtisodiyot”, “Iqtisodiy axborotni qayta ishlashning instrumental vositalari”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Biznes intellekti”, “Ma’lumotlar bazalari” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan talabalar keng foydalanmoqda. U o‘z faoliyati davomida bir qancha axborot tizimlarini loyihalashtirib, mobil ilovalarni ishlab chiqgan va ta’lim tizimiga samarali tatbiq etgan.

Abdullayev Munis Kurbonovich

Kafedra mudiri

Husanova Gulchexra

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. “Moskva Skolkova biznes maktabi”, Ural davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirgan hamda Buyuk Pyotir nomidagi universitetida biznes boshqaruvi yo‘nalishida malaka oshirgan. “GMS” korxonasi rahbari. 200 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 3 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 10 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi. “Mintaqaviy Iqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Iqtisodiy xavfsizlik”, “Ekologiya iqtisodiyoti”, “Small Business” “Biznes asoslari” va “Proffesional savdo va kelishuv” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan talabalar keng foydalanib kelmoqda.

Husanova Gulchexra

PhD, Dotsent

Abdusalomova Istoraxon Ilhom qizi

G.V. Plexanova nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialini tamomlagan. Toshkent shahar Statistika boshqarmasining “Investitsiya va qurilish” bo‘limada yetakchi mutaxasis bo‘lib faoliyat yuritgan. 2024-yilda “Statistik kuzatuvlarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. 15 ga yaqin xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy maqola hamda tezislar chop etgan. Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari hamda zamonaviy axborot tizimlarini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida samarali qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishni yaxshi ko‘radi

Abdusalomova Istoraxon Ilhom qizi

PhD, katta o'qituvchi

Sabirova Dildor Arifovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda uning huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida axborot texnologiyalariga oid fanlardan dars berib, bugungi kunda iqtisodiyot sohalarida samarali faoliyat olib borayotgan ko‘plab shogirdlarga ustozlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Astrum IT akademiyasi bilan pedagog kadrlarning kompyuter savodxonligini oshirish masalasida doimiy hamkorlik olib bormoqda. Axborot texnologiyalari mavzusiga oid darsliklar, elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va risolalar hamda ilmiy maqolalar muallifi.

Sabirova Dildor Arifovna

dotsent

Abdulaxatov Muzaffarjon Mashrabjon oʻgʻli

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Janubiy Koreya Respublikasining “Seoul National University of Science and Technologies” universitetlarida bakalavr hamda magistr bosqichini tamomlagan. 2024-yildan boshlab Xalqaro Nordik Universiteti “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Python, HTML, CSS, Power BI, Tableau, NumPY, Pandas, PostgreSQL kabi dasturlash tillari hamda dasturlari bilan ishlay oladi. Xalqaro QS reytingida 101-o’rinda turuvchi Saudiya Arabistonining King Fahd University of Petroleum and Minerals universiteti Kompyuter injiniringi fakultetida malaka oshirgan. 30 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi. “Operatsion Systems”, “IResearch methods and skills”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Biznes intellekti”, “Blokcheyn texnologiyalari” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan talabalar keng foydalanib kelishmoqda.

Abdulaxatov Muzaffarjon Mashrabjon oʻgʻli

Dotsent

Rajabov Sherzod Baxtiyorovich

2024-yildan boshlab Xalqaro Nordik Universiteti “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. C++, HTML, CSS, Power BI, Tableau, PostgreSQL, kabi dasturlash tillari hamda dasturlari bilan ishlay oladi. 30 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 1 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi. “Operatsion Systems”, “IResearch methods and skills”, “Kompyuter arxitekturasi”, “Biznes intellekti”, “Elektron hukumat”, kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan talabalar keng foydalanib kelishmoqda. Xalqalaro ilmiy bazlarda shuningdek Scopus, Web of science, 10 ta maqolasi chop qilingan.

Rajabov Sherzod Baxtiyorovich

Dotsent

Davlatova Dildora

Axborot kammunikatsiya texnologiyalar Respublika va xalqaro miqyosidagi maqola va tezislar muallifi. Web , HTML ,CSS dasturlarda ishlay oladi. Microsoft office Access Word power-point Excel Adobe Photoshop, dasturlarida ishlay oladi.Xalqaro ilmiy bazalarda shuningdek Scopus, Web of science,bazalarida tezislar chop qilgan.AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA oid ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTUR hamda AXBOROT TIZIMLARIGA BO'LADIGAN ANOMALIYALARNI ANIQLASH UCHUN YARATILGANdastur muallifi.

Davlatova Dildora

Assistent o'qituvchi

Sofoyeva Fotima

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2023-yildan Xalqaro Nordik universitetining “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda Finlandiyaning Karelia amaliy fanlar universitetida malaka oshirgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosidagi maqola hamda tezislar muallifi. Web, HTML, CSS, Microsoft office Access Word power-point Excel Adobe Photoshop dasturlarida ishlay oladi. 10 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlarchop etgan. “Mutaxassislika kirish” o‘quv qo‘llanmasidan talabalar keng foydalanib kelishmoqda

Sofoyeva Fotima

Assistent o'qituvchi