D.T. Miralieva o‘z malakasini pedagogika, axborot texnologiyalari sohalarida zamon talablari asosida muntazam oshirib boradi. Xalqaro va respublika miqyosidagi yuqori reytingga, imfakt faktorga ega bo‘lgan jurnallarda o‘zining ilmiy maqolalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda. Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda pedagogika, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarining dolzarb masalalari, muammolari va ularning yechimlari mavzusidagi ilmiy maqola va tezislari bilan muntazam ravishda qatnashib kelmoqda. D.T. Miralieva tomonidan jami 56 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan yakka mualliflikda 3 ta o‘quv qo‘llanma 1 ta monografiya hamda 29 ta maqola, 20 ta xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida tezislari chop etgan. MONOGRAFIYALAR:1. Miralieva D.T. “Yoshlarda ommaviy madaniyatga qarshi immunitetni shakllantirish”. «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», Toshkent, 2023- yil. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining 9-sonli qarori, 2023-yil 4-iyul). O‘quv-qo‘llanmalar:1. Miralieva D.T. “Global qiyosiy ta’lim”. Professional ta’lim (iqtisodiyot), professional ta’lim (menejment) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022- yil 31- maydagi 169 – buyrug‘i. Ro‘yxatga olish raqami-169-02. Toshkent. “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2022-y.2. Miralieva D.T. “Pedagogicheskiy menejment” Professional ta’lim (iqtisodi-yot), professional ta’lim (menejment) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024- yil 31- maydagi 169 – buyrug‘i. Ro‘yxatga olish raqami-169-02. Toshkent. “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2023-y. O‘quv-qo‘llanmalar:1. N.Fayzullaeva, D.Miralieva. “Jahon ta’lim tizimi”. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining 6 -sonli qarori, 2011- yil 22- fevral. 144 bet.2. Miralieva D.T.. “Политика в сфере образования”. Professional ta’lim (iqtisodiyot), professional ta’lim (menejment) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2019- yil 4- oktyabrdagi №892 – buyrug‘i. Toshkent. “Iqtisodiyot”, 2019- y. D.T. Miralieva ilmiy va pedagogik faoliyati davomida o‘z ustida doimiy ravishda ishlab kelmoqda va kasbiy mahoratini oshirib bormoqda. Hozirgi davrga qadar quyidagi kurslarda malaka oshirgan: 2.Malaka attestati - TDPU huzuridagi PK QT va ularning MO tarmoq markazi tomonidan “Pedagogika va psixologiya” (Masofaviy). Yo‘nalishida 288 soatga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish kursini to‘liq tugatgan. 30.09.2023. Qayd etish raqami: № 5036. 3.Sertifikat-2022-yil 26-30- dekabr kunlari tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishga zamonaviy yondashuvlar, kredit modul asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va talabalarni baholash, Imrad usulida ilmiy maqolalar yozish va chop etish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslari. 06.01.2023 4.Sertifikat-2023- yil 23- iyul kuni American Scantific group tomonidan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha tashkil etilgan trening. D.T. Miralieva ilmiy va pedagogik faoliyati davomida o‘z ustida doimiy ravishda ishlab kelmoqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari Markazida, 2021- yil may avgust oylarida, 2024- yil avgust oyida Finlandiyaning Karelia university of applied universitetida stajirovkada bo‘lgan.D.T. Miralieva 2022-2023, 2023-2024 o‘quv yillarida xorijiy “Journal of Pedagogical Inventions and Practices”, Xalqaro Nordik universitetining “Nordic Life” jurnalida tahrir xay’ati a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring