Axborot-resurs markazi universitetning maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlash ishlarida faol ishtirok etadi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda universitet oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitetning ilmiy tadqiqotchilari va kitobxonlarga bibliografik hamda axborot xizmatlarini ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda universitetdagi ta’lim va tadqiqot ishlarida innovatsion va dasturiy yordam beradi.



Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring