Ilmiy monitoring ishlari amalga oshirildi

Ilmiy monitoring ishlari amalga oshirildi

October 21, 2025
261

Xalqaro Nordik universitetida maxsus komissiya tomonidan 2025-yilning III choragi uchun ilmiy monitoring ishlari o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalari, dissertatsiya ishlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati tahlil qilindi. 


Sanoat iqtisodiyoti, Menejment, Moliya, pul muomalasi va kredit, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha), Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosliklari kesimida o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy hisobot Universitet Kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.


Mazkur jarayon doktorantura tizimida ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, ilmiy rahbarlik faoliyatini takomillashtirish va tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

photo-2025-10-21-11-39-36-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-21-11-39-36
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-21-11-39-37
Ko‘rib chiqish