Raqamli transformatsiya davrida pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari

Raqamli transformatsiya davrida pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari

October 10, 2025
543

Raqamli transformatsiya davrida pedagogik ta’limning rivojlanish istiqbollariga qaratilgan xalqaro tajribalar, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va amaliy usullarni muhokama qilish, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini belgilashdir. Anjumanda xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, pedagoglar hamda ta’lim boshqaruvi vakillarining fikr va tajribalari almashinishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Anjuman doirasida taqdim etilgan ilmiy va amaliy ma’ruzalar asosida ta’lim sifatini oshirishga doir samarali taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, anjuman materiallari yig‘ma to‘plam sifatida chop etilib, ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi. Mazkur anjuman raqamli transformatsiya davrida professional ta’limning rivojlanish va xalqaro tajribalar bilan boyitilgan yangi strategiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda institutda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning bakalavr diplom va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilinadi.