Vazifalar:
- Tilshunoslik va xorijiy til o‘qitish metodikasidagi yangiliklarni o‘rganish: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar yordamida tilshunoslik va xorijiy tillar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha yangi tendensiyalarni tahlil qilish.
- Ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlash: Xorijiy til o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolarni va to‘siqlarni aniqlash, ularni hal etish usullarini muhokama qilish.
- Pedagogik innovatsiyalarni joriy etish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda innovatsion metodik yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini o‘rganish.
- Metodik qo‘llanmalar va resurslar yaratish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi metodik qo‘llanmalar va ta’lim resurslarini ishlab chiqish.
- Ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish: Ta’lim sifatini yaxshilash uchun zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlarni ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llash.



