Ilmiy konferensiyalar
O‘zbekiston – 2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar

November 19 , 2025
213
Anjuman fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsion jarayonlaridagi innovatsion hamda raqamli texnologiyalarning ilmiy va tashkiliy asoslariga qaratiladi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, shaffoflikni oshirish orqali raqobat muhitini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlari va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda yangicha yondashuvlarni joriy etish, raqamlashtirish orqali ularning ishonchini mustahkamlash kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
So‘ngi konferensiyalar

Ta’lim sifatini oshirishda tilshunoslik, xorijiy til va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari: muammolar, imkoniyatlar va yechimlar
Vazifalar:
- Tilshunoslik va xorijiy til o‘qitish metodikasidagi yangiliklarni o‘rganish: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar yordamida tilshunoslik va xorijiy tillar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha yangi tendensiyalarni tahlil qilish.
- Ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlash: Xorijiy til o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolarni va to‘siqlarni aniqlash, ularni hal etish usullarini muhokama qilish.
- Pedagogik innovatsiyalarni joriy etish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda innovatsion metodik yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini o‘rganish.
- Metodik qo‘llanmalar va resurslar yaratish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi metodik qo‘llanmalar va ta’lim resurslarini ishlab chiqish.
- Ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish: Ta’lim sifatini yaxshilash uchun zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlarni ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llash.

Musiqa ta'limi va san'atining bugungi globallashuv sharoitida milliy-ijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar 🎼
Nordik universitetida 2024-yil 4-dekabr kuni respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiya uchun maqola yuborgan har bir muallifga: ▸ Elektron sertifikat ▸ maqolalar to‘plami (elektron) ▸ maqolaning nashrdagi alohida pdf varianti 💯 BEPUL taqdim etiladi. ⏳Maqola/tezislar qabul qilish muddati 2024-yil 20-noyabrgacha. Konferensiya sho‘balari: ▸ Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslikning dolzarb muammolari va yechimlari ▸ Musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari ▸ Mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari ▸ Ijrochilik an’analari: muammo va yechimlar ▸ Pedagogik kadrlar tayyorlash: muammo va yechimlar. 🔥INDEXLANISHI: 🔅GOOGLE SCHOLAR, Zenoda, OpenAire data bazasida arxivlanadi va indekslanadi.

Musiqa taʼlimi va sanʼatining bugungi globallashuv sharoitida milliy-ijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar
Konferensiyada xorijiy va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilinadi.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi:
- Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslikning dolzarb muammolari va yechimlar;
- Musiqiy-nazariy fanlari o‘qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalari;
- Mustaqil ta'limni tashkil etishning samarali usul va vositalari;
- Ijrochilik an’analari muammo va yechimlari;
- Pedagogik kadrlar tayyorlash muammo va yechimlar.
Konferensiya 2024 yil 4 dekabr kuni Xalqaro Nordik Universitetining 2-kampusida, majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat 9:00 dan 10:00 gacha davom etadi. Anjumanda ishtirok etish uchun ZOOM dasturi orqali onlayn qatnashish imkoniyati ham mavjud.
Anjumanning ish tartibi:
- Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish – 9:00 – 10:00
- Yalpi yig‘ilish – 10:00 – 13:00
- Tushlik – 13:00 – 14:00
- Sho‘balar yig‘ilishi – 14:00 – 16:00
- Konferensiyaning yakuniy yig‘ilishi – 16:00 – 17:00
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi 22 a - uy