Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda

Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda

March 14, 2025
481

“Ilmiy faoliyatni samarali tashkil qilishning zamonaviy usullari” mavzusidagi seminarda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat va ilmiy jarayonlarni boshqarish ko‘nikmalari oshirildi.

Ilmiy va innovatsion departament boshlig‘i Farhod Irisqulov va Magistratura fakulteti dekani Zulfiya Hamidova mavzu doirasida seminar-trening o‘tkazdilar. IMRAD formatida maqola tayyorlash va chop etish borasida zarur tavsiyalar berdilar. 


Universitet doktorantlari Rushana Aliakbarova va Dilnoza Sabrdjanovalar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan erishilgan natijalari bo‘yicha hisobotlar berdilar. 


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tajribalarini yetkazdi. 


Anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan seminarlar davomida tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarida muhim savollariga javoblar olishmoqda. 

Artboard-2-74
Ko‘rib chiqish
Artboard-8-44
Ko‘rib chiqish
Artboard-9-39
Ko‘rib chiqish