Dissertatsiya ishi muhokamasi: kafedralararo ilmiy seminar o‘tkazildi

Dissertatsiya ishi muhokamasi: kafedralararo ilmiy seminar o‘tkazildi

March 26, 2025
583

Toshkent Xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengash tomonidan TDIU Samarqand filiali mustaqil tadqiqotchisi Behzod Jo‘rayevning "Turizm kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash amaliyotini takomillashtirish" mavzusidagi dissertatsiyasiga Xalqaro Nordik universiteti yetakchi tashkilot sifatida belgilandi.

Nordik universitetida Iqtisodiyot va biznesni boshqarish hamda Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedralariaro ilmiy seminarda tadqiqotchining 08.00.07 "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi keng muhokama qilindi.


Dissertatsiyada turizm kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish yo‘llari keng o‘rganilganligi va tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asoslanganligi eʼtirof etildi.


Dissertatsiya avtoreferatida turizm kompaniyalari moliyaviy barqarorligi tushunchasining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati, unga ta’sir etuvchi omillar, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribalari tadqiq etilganligi va ilmiy xulosalar ishlab chiqliganligi maʼlum qilindi.


Seminarda ishtirokchilar tadqiqot natijalarini yuqori baholab, mazkur ish sohaga munosib hissa qo‘shishini ta’kidlashdi.


Artboard-1-82
Ko‘rib chiqish
Artboard-3-80
Ko‘rib chiqish
Artboard-5-79
Ko‘rib chiqish