Nordikda ilmiy seminar: tadqiqot ishlari muhokama markazida

Nordikda ilmiy seminar: tadqiqot ishlari muhokama markazida

February 17, 2026
251

Xalqaro Nordik universitetida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi an’anaviy ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari muhokama qilindi. Dilnoza Sabirdjanova tomonidan bakalavriat bosqichida musiqa o‘qitish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari yuzasidan olib borilayotgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.


Ushbu izlanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarni musiqa ta’limiga integratsiya qilish orqali talabalarning ijodiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Nigora Isayeva tadqiqotida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining dutor cholg‘usi orqali ijrochilik malakalarini takomillashtirish masalasi yoritildi. Milliy cholg‘u — dutor nafaqat musiqiy asbob, balki pedagogik vosita sifatida ham talqin qilinib, ijrochilik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etildi.


Dilfuza Baqoyeva sanoat korxonalarida mahsulot sotuv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari bo‘yicha hisobot berdi. Tadqiqotda marketing strategiyalari, raqamli boshqaruv vositalari va samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlandi.


Seminar davomida mavzular atroflicha muhokama qilinib, ilmiy yangilik darajasi, metodologik asoslar, tajriba-sinov jarayonlari va natijalarning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.


Tadqiqotchilarga ilmiy izlanish jarayonini samarali rejalashtirish, dissertatsiya ishining strukturaviy mantiqini mustahkamlash, empirik ma’lumotlarni tahlil qilishda zamonaviy usullardan foydalanish, ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

photo-2026-02-17-10-40-39-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-02-17-10-40-39-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-02-17-10-40-39-4
Ko‘rib chiqish