UzAELT Xalqaro O‘qituvchilar Forumi – 2025 AXBOROT XATI

UzAELT Xalqaro O‘qituvchilar Forumi – 2025 AXBOROT XATI

September 05, 2025
683

“Markaziy Osiyo pedagoglarini qo‘llab-quvvatlash: innovatsiya, hamkorlik, e’tirof”

2025-yil 27-sentabr – Toshkent, O‘zbekiston

 

Forum haqida

O‘zbekiston Ingliz tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi (UzAELT) Sizni Xalqaro

O‘qituvchilar Forumi-2025ga taklif etadi!

 

Forum dasturi:  

Xalqaro va mintaqaviy mutaxassislarning ma’ruzalari

Interaktiv seminarlar va mahorat darslari

O‘qituvchilar taqdimotlari va panel muhokamalari

E’tirof marosimi va networking imkoniyatlari.

 

Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi, eng yaxshi tezislar UzAELT ilmiy

to‘plamida chop etiladi.

Tezis topshirish tartibi

 

Qabul qilinadigan tillar: ingliz, rus, o‘zbek, qoraqalpoq.

 

Hajmi: 200–250 so‘z

 

Format: Word (.docx), Times New Roman, 12 pt, satr oralig‘i – 1.0, sahifa

chegaralari – 2 sm, matn – tekislangan.

 

Tuzilishi: 1. Sarlavha (bosh harflar bilan, qalin)

2. Muallif(lar) ismi-sharifi

3. Muassasa, shahar, davlat

4. Tezis matni (dolzarblik, maqsad, metod, natija, xulosa)

5. Kalit so‘zlar (3–5 ta).

 

Muhim: tezislar faqat original va nashr etilmagan bo‘lishi kerak. Bir muallif faqat bitta tezisni birinchi muallif sifatida topshira oladi.

 

Tezis topshirish muddati: 2025-yil 5-sentabr

Qabul qilinganlik haqida xabar: 2025-yil 12-sentabr

 

Aloqa

Telegram bot: @uzaelt_submission_bot

Telegram kanal: @uzaelt

+998 90 9079321 (Ugiloy Kusanova)

+998 93 5841262 (Zamira Abdujabbarova)

🌐 www.uzaelt.uz