Unda universitetning mustaqil tadqiqotchisi Elshod Umarovning 08.00.03 - "Sanoat iqtisodiyoti" ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun “Yashil iqtisodiyot rivojlanishining ishlab chiqarish resurslariga ta’sirini baholashning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi keng muhokama qilindi.
Mazkur ilmiy ishda sanoat iqtisodiyoti sohasida dolzarb bo‘lgan ekologik barqarorlik va resurslardan oqilona foydalanish masalalari chuqur tadqiq qilinganligi eʼtirof etildi.







