Yangiliklar
Quvvatov G‘olibjon XNU boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi

February 10 , 2023
642
G‘olibjon Quvvatov XNU kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
📌 Universitetning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari G‘olibjon Quvvatovning nomzodini ilgari surib, uni bir ovozdan qo‘mita raisi etib sayladilar.
🎓 G‘olibjon Quvvatov (PhD) – Yoshlar ishlari va talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i.
🤝 Quvvatovning quyidagi fazilatlari kasaba uyushma raisligiga saylanishida muhim omil bo‘ldi:
✅ Intellektual salohiyati va jamoada obro‘-e’tibor qozongani
✅ Haqgo‘yligi va faol fuqarolik pozitsiyasi
✅ Xodimlar manfaatlarini himoya qilish va universitet rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaza olish qobiliyati
🎯 G‘olibjon Quvvatov ushbu mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarish orqali universitet xodimlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etadi.
So'nggi yangiliklar

Sohibqiron ruhi — yoshlar tafakkurida!
Iqtisodiyot va biznesni boshqarish hamda Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedralari hamkorligidagi tadbir davomida talaba-yoshlar Sohibqironning bebaho merosi — Temur tuzuklari asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoalar Temuriylar davlatchiligi falsafasini anglash sari intilishlarini har jihatdan namoyish etishdi.
Bellashuv 2 bosqichda kechdi:
🔹 1-bosqich — tarixiy bilim va mantiq sinovi
🔹 2-bosqich — ijodkorlik maydoni: tuzuklarni rasmlar orqali jonlantirish.
5 ta jamoa o‘rtasida intellektual madaniyat doirasida bahslar qizg‘in kechdi.
Ishtirokchilar bilim, topqirlik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar.
Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi, eng kuchli jamoalar esa munosib taqdirlandilar.
1-o‘rin — World economics
2-o‘rin — 1-EK-24
3-o‘rin — Space
4-o‘rin — 5-JI
5-o‘rin — Liderlar.
Sohibqiron merosini o‘rganish yoshlar tafakkuriga kuch va yetakchilik bag‘ishladi.

Deputatlar va yoshlar: g‘oya, tashabbus va imkoniyat
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligidagi uchrashuvda ochiq va samimiy muloqot muhiti yaratildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulshana Xudoyarova va Aziza Aminova, shuningdek, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri Dilnoza Tajieva o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, talabalar tashabbuslarini amaliyotga joriy etish yo‘llari, davlat va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuvda bugungi yoshlar faqat bilim oluvchi emas, jamiyatdagi o‘zgarishlar tashabbuskori sifatida shakllanishi zarurligi taʼkidlandi.

Nordik ustozlarining qo‘llanmalari rasmiy tasdiqdan o‘tdi!
Tasdiqlangan qo‘llanmalar:
🔹 “Ma’lumotlarni boshqarish tizimlari 1”
Mualliflar: Istoraxon Abdusalomova, Doniyorbek Usmanbayev, Fotima Sofoyeva.
🔹 “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”
Muallif: Fotima Islamova.
🔹 “Musiqa o‘qitish metodikasi”
Muallif: Dilnozaxon Sabirdjanova.
🔹 “Psixologik trening asoslari”
Muallif: Mansur Xolmatov.
🔹“Maktabgacha ta’limda etnopedagogika”
Muallif: Marg‘uba Xasanova.
💡 Ushbu qo‘llanmalar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan, zamonaviy ta’lim talablariga javob beruvchi, talabalar uchun qulay va samarali metodik manba sifatida xizmat qiladi.
Bu yutuqlar universitetimiz ilmiy salohiyati va ta’lim sifatiga qo‘shilayotgan navbatdagi muhim hissalardir.

Mamlakatlar paradi: turli xalqlar qadriyatlari — talabalar nigohida
Har bir jamoa bir xorijiy davlat vakillari sifatida namoyon bo‘ldilar. Har bir chiqish bir xalq tarixini aks etdi, taomlar ko‘rgazmalarida esa milliy taomlar boyligi, gastronomik xilma-xillik o‘z aksini topdi.
Amerika, Fransiya, Finlandiya, Turkiya, Koreya, Italiya va boshqa davlatlar oshxonasi taqdim etildi va talqin qilindi.
Ayniqsa, jonli musiqa, talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramni bezadi.
Anjumanda talaba-yoshlar ijodiy mehnat va mahoratlari bilan birga keng dunyoqarashlarini ham namoyish etdilar.
Eng yaxshi dasturxon, kostyum, sahna g‘oyasi, dekoratsiya, ta’m va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Har bir jamoaning mehnati, tafakkuri va jamoaviy ruhiga munosib baho berildi.
“Mamlakatlar paradi” bu butun dunyoning kichik modeli ham bo‘ldi. Madaniyatlararo chegaralar yo‘q, til to‘siqlari yo‘q. Ijod, hurmat va o‘zaro qiziqish hamda qarashlar uyg‘unligida bayram qilindi.