Yangiliklar
Lourens texnologiya universiteti Prezidenti o‘qish uchun borgan talabalarimiz bilan uchrashdi

January 29 , 2025
212
Lourens (Lawrence) mintaqaviy universitetlar orasidagi reytingda 54-o‘rin egallab turgan, AQShdagi texnologik rivojlangan 13 ta universitetdan biridir...
Lourens texnologiya universiteti Prezidenti, taniqli olim, doktor Tarek M. Sobb ushbu nufuzli oliygohda o‘qishni davom ettirayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi.
Prezident va talabalarimiz o‘rtasidagi muloqot samimiy ruhda o‘tdi. Doktor Tarek Sobb talabalarni Lorens-Techning o‘ziga xosligi, yangi innovatsion taʼlim dasturlari va imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Amerikada o‘qish va muvaffaqiyatga erishishda zarur tavsiyalar berdi.
Lawrence Tech - www.ltu.edu


So'nggi yangiliklar

Fotoko‘rgazma ochilishi va taqdirlash: bojxonachilarga qo‘sh eʼtibor!
Seminarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, "Toshkent-AERO" bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi va Bojxona instituti axborot xizmatlarining 25 nafar xodimi ishtirok etib, malaka oshirish Sertifikatiga ega bo‘ldilar.
27-iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir bilim va qadriyat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Fotoko‘rgazmada bojxona xodimlarining mehribon ota-onalari tasvirlangan 100 dan ortiq suratlar tomoshabinlarni chuqur hayajonga soldi. Zuhra Ashurovaning ota-onani ulug‘lashga bag‘ishlangan ta’sirli monologlari esa tadbirga iliq ruh baxsh etdi.

Matbuot xizmatlarining uch kuchi: SMM, AI va mobilografiya o‘rganilmoqda
Seminarda media sohasida raqamli yondashuvlar, SMM, kontent yaratish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganish maqsad qilingan.
Seminar ochilishida media islohotlari va ularning samarasini yanada oshirishda matbuot xizmatlari oldida turgan vazifalar borasida fikr almashildi.

Nordikda yana bir muhim memorandum!
Muzokaralarda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimida mazmunni yangilash, innovatsion tadqiqotlar, yangi metodlar va tajriba almashinuvi xususida so‘z bordi.
Uchrashuv davomida qo‘shma loyihalar, seminar-trening, pеdagoglar va mutaxassislar uchun xalqaro tajriba almashuvi, jumladan Finlyandiyada malaka oshirish imkoniyatlari yaratishni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

“E voh” – Erkin Vohidov xotirasiga ehtirom!
Tadbir doirasida O‘zbekiston Qahramoni, erkin fikr va milliy ruh targ‘ibotchisi Erkin Vohidovga bag‘ishlangan haykal va bog‘ tantanali ravishda ochildi.
Bronza haykal faqatgina shoirning emas, millatimiz g‘ururi, qalbi va erkini o‘zida mujassam etgan timsollardan biri bo‘ldi. Bu bog‘ esa endilikda so‘z, she’r va ma’naviyat makonidir.
Anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Erkin Vohidov nomi yuraklarda yashovchi, milliy ruhni uyg‘otuvchi adabiy meros ekanligi, betakror ijodi bilan tom maʼnoda o‘ziga haykal qo‘ya olganini eʼtirof etdi. Anjuman hamkori - Nordik universiteti rahbariyatiga kitoblar jamlanmasi tuhfa qildi.
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov shoir bilan 60 yil birga bosib o‘tilgan yo‘lga keng nazar soldi.
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq, Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedov o‘z so‘zlarida Erkin Vohidov hayoti va ijodiga chizgilar berib o‘tdilar. Shoirning farzandi Xurshid Vohidov iliq xotiralarini bo‘lishdi va barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Anjumanda taniqli adiba Nigora Mannopova boshchiligida Farg‘ona ijodkorlari va Erkin Vohidov ijod maktabining iqtidorli o‘quvchilari ham ishtirok etdilar.
Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov erksevar shoirning ona tilimiz oldidagi xizmatlarini alohida eʼtirof etib, yosh adabiyotsevarlar uchun olimpiada tashkillanishi, g‘oliblarga esa Nordik universiteti va “Uzreport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi"da Jurnalistika yo‘nalishida o‘qish uchun grantlar taqdim etilishini maʼlum qildi.
Adabiy anjuman doirasida Green Hills dam olish maskanida tadbirlar qizg‘in davom etdi.