
Taʼlimda sunʼiy intellekt (SI): xalqaro qo‘shma malaka oshirish kursi!
Oliy taʼlim tizimi rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun Oliy taʼlim kadrlarini qayta tayyorlash instituti, Xalqaro Nordik universiteti va Rowan universiteti (AQSH) hamkorligida xalqaro malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.
📌 Yo‘nalish:
“Ta’limda sun’iy intellekt: konsepsiyalar, liderlik va amaliyotlar”
🌍 Xalqaro tajriba:
🏛 Kurs AQSHning New Jersey shtatidagi Rowan universitetida Rutgers va Princeton universitetlari tajribalari asosida o‘tkaziladi.
📆 Davomiyligi va formati:
1 oy (144 soat)
72 soat — onlayn (1–12-iyul, 2026 yil)
72 soat — AQShda (15-iyul – 1-avgust, 2026 yil).
🎓 Kurs yakunida:
• Davlat namunasidagi malaka attestati
• Xorijda malaka oshirganlik sertifikati
📚 Natijalar:
• Ta’limda AIni samarali qo‘llash kompetensiyalari
• Universitet uchun AI Action Plan va yo‘l xaritasi
• Reytingni oshiruvchi ilmiy-metodik loyihalar.
📤 Hujjat topshirish: 14-fevralga qadar
📧 Email: niu_edu@exat.uz
📞 Aloqa: Abdurauf Tolibov (+998977516350), Shukurillo Yuldashev (+998946667819)
🌐 Batafsil: http://nordictraining.uz/
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/1pn2qVkT_hbbaAq4bT69D_OKuY6GybyV5EuJBS4972nw/edit
🚀 Sun’iy intellekt asosida sohamizni rivojlantiramiz!
(Izoh: Til bilish talabi yo‘q, tarjimon ta’minlanadi. Safar va o‘qish xarajatlari OTMning byudjetdan tashqari yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.)
So'nggilari

"Motivation Club" tomonidan tashkil etilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar jamoaviy jipslik va samarali boshqaruv san’atini amalda sinab ko‘rdilar.

Ushbu tanlov shunchaki tashqi go‘zallik namoyishi emas, balki ayol qalbining boyligi va aql-zakovatining tantanasidir. «Miss Nordik» ishtirokchisi — bu o‘zida milliy qadriyatlarni saqlagan holda zamonaviy bilimlarni egallagan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan lider ayol obrazidir.

"Nordic Students Club" tashabbusi bilan talabalar uchun intellektual va psixologik "Mafiya" o‘yini tashkil etildi.

Klubning navbatdagi uchrashuvi adabiyotdagi eng mashhur va o‘ylantiruvchi asarlardan biri — Jorj Oruellning “Animal Farm (Molxona)” asariga bag‘ishlandi.