
Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi — taʼlim sifati ko‘zgusi
Respublika bo‘ylab “TasIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasining 2-bosqichi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda.
Ushbu bosqich iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilimlarini shaffof baholash hamda ilm-fan rivojiga xizmat qiladigan intellektual zaxirani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Olimpiada 14 ta hududda, viloyat markazlaridagi yetakchi ta’lim muassasalarida 1- va 2-smenalarda bir vaqtda oflayn formatda tashkil etilmoqda. Unda 3–11-sinflar kesimida dastlabki bosqichda saralangan 4288 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Topshiriqlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, analitik yondashuvi va bilim darajasini aniqlashga qaratilgan.
Jarayonlarda teng sharoitlar yaratilib, baholashda shaffof va adolatli mexanizmlar qo‘llaniladi. Ishtirokchilarning yuqori motivatsiyasi esa yoshlar orasida ilm-fanga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ushbu bosqich yakuniga ko‘ra eng kuchli ishtirokchilar finalga yo‘llanadi.
“Maʼlumot o‘rnida”: Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi tomonidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF, AQSHdagi Rowan universiteti, Finlandiyadagi Kareliya AFU, UzReport TV hamda “Asia Alliance Bank” ATB kabi hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Olimpiada 2026-yilda uchinchi bor o‘tkazilmoqda.
Toshkent viloyati bosqichiga Xalqaro Nordik universiteti mezbonlik qilyapti. 1-smenada 5–8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
2-smena (soat 14:00)da esa 3, 4, 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari bellashadi.



So'nggilari

Talabalar uchun noyob ilmiy va ta’lim majmuasi — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif uyushtirildi.

Rus tili bo‘yicha “Jadal start” olimpiadasi natijalari e’lon qilindi (diktant va test sinovlari asosida).

Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishi talabalari xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar

Nordik talabalari buyuk sarkarda, millat faxri Amir Temurning hokimiyat sari yuksalish yo‘llarini o‘rganishda davom etmoqdalar.