
Kreativ bellashuv: talabalar yangi turizm tajribalari sari
“Developing new tourism experience” nomli do‘stona bellashuv o‘tkazildi.
Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bellashuvda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi talabalari mehmon bo‘lishdi.
Bellashuv davomida har ikki universitet talabalar jamoasi o‘z ilm maskanlarining imkoniyatlarini taqdimotlar orqali ochib berishdi.
Tadbirda turizmni rivojlantirishga qaratilgan yangi g‘oyalar ilgari surildi. Eng qiziqarlisi, sohaga oid hayotiy vaziyat va holatlar kichik sahna ko‘rinishlari orqali jonlantirib berildi.
Qizg‘in bahslar, tanishuvlar, kreativ yechimlar — bo‘lajak mutaxassislarning kasbga tayyorgarlik darajalari olqishlarga sazovor bo‘ldi. Kelgusida o‘rganishlari kerak bo‘lgan jihatlar ham belgilab berildi.
🤝 Yakunda esa eng katta g‘alaba — do‘stlik ustun keldi!
Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar — eng katta sovrin esa, albatta bu yangi tajribalar qo‘lga kiritilgani bo‘ldi!
Kelajak turizmi aynan shunday kasbga ishtiyoqmand yoshlar qo‘lida ekanligi, quvonchlidir!





So'nggilari

Talabalar uchun noyob ilmiy va ta’lim majmuasi — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif uyushtirildi.

Rus tili bo‘yicha “Jadal start” olimpiadasi natijalari e’lon qilindi (diktant va test sinovlari asosida).

Respublika bo‘ylab “TasIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasining 2-bosqichi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda.

Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishi talabalari xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar