Fakultet hayoti

“Speak Russian” klubining navbatdagi mashg‘uloti
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar rus tilida erkin muloqot qilish, turli mavzularda fikr almashish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Dars jarayoni qiziqarli savol-javoblar, jonli suhbatlar va interaktiv usullar asosida olib borildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Mashg‘ulot samimiy va do‘stona muhitda o‘tkazildi, bu esa talabalar faolligini yanada oshirdi.
Mashg‘ulotga mas’ul o‘qituvchi — Chernova Natalya Vasilevna bo‘lib, dars 709-auditoriyada tashkil etildi. Klub mashg‘ulotlari har payshanba kuni soat 14:00 da muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tadbir talabalar orasida rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning nutqiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





So'nggilari

“Developing new tourism experience” nomli do‘stona bellashuv o‘tkazildi.

Talabalar uchun noyob ilmiy va ta’lim majmuasi — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif uyushtirildi.

Rus tili bo‘yicha “Jadal start” olimpiadasi natijalari e’lon qilindi (diktant va test sinovlari asosida).

Respublika bo‘ylab “TasIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasining 2-bosqichi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda.