Fakultet hayoti

READERS CLUB
Bu galgi uchrashuvda talabalar Fahrenheit 451 asari yuzasidan chuqur va mazmunli muhokamalarda ishtirok etishdi.
Mashg‘ulot davomida asardagi distopik jamiyat modeli, axborot nazorati va inson fikrlashining ahamiyati haqida turli qarashlar ilgari surildi.
Uchrashuv jonli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikrlarini asoslab berishga harakat qildi. Ko‘plab ishtirokchilar asar voqealari ichiga kirib, qahramonlar o‘rnida fikr yuritishdi.
👩🏫 Klub rahbari: Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Djurayeva
📖 Keyingi uchrashuv uchun talabalarga I. Turgenevning "Otalar va bolalar" asarini o‘qib kelish vazifa qilib berildi.

So'nggilari

“Developing new tourism experience” nomli do‘stona bellashuv o‘tkazildi.

Talabalar uchun noyob ilmiy va ta’lim majmuasi — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif uyushtirildi.

Rus tili bo‘yicha “Jadal start” olimpiadasi natijalari e’lon qilindi (diktant va test sinovlari asosida).

Respublika bo‘ylab “TasIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasining 2-bosqichi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda.