
Kelajak olimalari sahnasida — Nordik talaba-qizlari!
Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabalari Gulsora Abduqunduzova va Nozima Aminova ilm-fan olamiga o‘z izlanishlari bilan kirib kelmoqdalar.
Ular Pinnacle Science ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi miqyosida o‘tkazilgan “Yilning innovator tadqiqotchisi” xalqaro ko‘rik-tanlovida munosib ishtirok etdilar. Ularning ilmiy yondashuvlari yuqori baholandi.
Yosh tadqiqotchilar safida bu iqtidorli talaba-qizlarimiz ham Diplom, maxsus statuetka, Sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

So'nggilari

Bu galgi uchrashuvda talabalar Fahrenheit 451 asari yuzasidan chuqur va mazmunli muhokamalarda ishtirok etishdi.

KI-24 guruhining faol va intiluvchan talabalari Jahongir Ziyodullayev hamda Sardorbek Nurmatov yana bir muhim bosqichni muvaffaqiyat bilan yakunlashdi!

O‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va talabalar uchun nufuzli forum o‘tkazilmoqda.

Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan anjumanda Nordik turli millatlar madaniyati jamlangan noyob maydonga aylandi.