Diydor shirin...

Diydor shirin...

May 26 , 2023

|

1781

Kattaqo‘rg‘ondagi 2-maktab sobiq bitiruvchilari faxriy ustozlari bilan uchrashib, iliq xotiralarni yodga oldilar.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-maktabni 30 yil avval tamomlagan, hozirda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar o‘zlarining faxriy ustozlari bilan yana bir bor diydorlashdilar.

Ustozlarga cheksiz ta’zim va ehtirom, sinfdosh-do‘stlar diydori, qimmatli xotiralar, ko‘zlarda qalqigan quvonch yoshlari — bu uchrashuv barcha ishtirokchilarga ajoyib hissiyotlar va samimiy kayfiyat ulashdi.