Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-maktabni 30 yil avval tamomlagan, hozirda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar o‘zlarining faxriy ustozlari bilan yana bir bor diydorlashdilar.
✨ Ustozlarga cheksiz ta’zim va ehtirom, sinfdosh-do‘stlar diydori, qimmatli xotiralar, ko‘zlarda qalqigan quvonch yoshlari — bu uchrashuv barcha ishtirokchilarga ajoyib hissiyotlar va samimiy kayfiyat ulashdi.




