Shvetsiya elchisi Nordik talabalari huzurida

Shvetsiya elchisi Nordik talabalari huzurida

September 09 , 2026

|

18

Xalqaro Nordik universitetida Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Martin Rosén tashrif buyurdi.

Nufuzli mehmon universitet rahbariyati va talaba-yoshlar bilan samimiy muloqotda bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik, ta’lim, xalqaro tajriba almashinuvi va yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

Elchi talabalarning savollariga javob berib, xalqaro maydonda bilim, tashabbus va faol pozitsiyaning ahamiyatini taʼkidlab o‘tdi.

Sharqiy Yevropa va MDH hududi bo‘yicha boy diplomatik tajribaga ega Martin Rosénning talaba-yoshlar bilan muloqoti ularning dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va yangi imkoniyatlar ochish uchun muhim uchrashuv bo‘ldi.

Foto galereya

9
photo-2026-09-09-13-21-07
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-08-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-08-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-08
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-09-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-09
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-10-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-10-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-09-13-21-10
Ko‘rib chiqish